Operatsion tizim(OT)

You are currently browsing the archive for the Operatsion tizim(OT) category.

center

Ko’pgina internetdan dastur ko’chirib oladiganlar, yozishadiki «Dasturni
o’rnatishga urindim, yozuv chiqdi, joy yo’q deb».

To’ppa-to’g’ri. Disk «D» da qanchalik bo’sh joy ko’p bo’lishiga qaramasdan,
ko’pgina odamlar, barcha o’yinlarini, fotoshop hamda dasturlarini «C» tizim
diskiga o’rnatishadi. Shuning uchunki, ko’pincha installyatorda dastur
o’rnatiladigan katalogni o’zgartirib bo’lmaydi. Shu sababdan men sizlarga
dastur odatiy tarzda o’rnatiladigan yo’lni o’zgartirishga yordam beraman.

Bu operatsiyani bajarish uchun faqatgina Windows ning reestr tizimida
kichkinagina o’zgartirish qilishingiz kerak. Bu uchun Pusk tugmasini bosing
va qidiruv satriga regedit.exe kiriting.

center

Sizning oldingizda reestr muharrirri paydo bo’ladi, siz undan shu kalitni
topishingiz kerak:

HKEY_LOCAL_MACHINE/SOFTWAREMicrosoft/Windows/CurrentVersion

Endi o’ng paneldagi ahamiyatga ega bo’lgan ProgramFilesDir ni belgilang yoki
ProgramFilesDir (x86) Windows ning qanday turini ishlatishingizga qarab (32-
yoki 64-razryadli). Bu yozuvga ikki marta bosing va chiqqan oynadan Значение ni

D:/Program Files

ga o’zgartiring. Bajarilgan o’zgarishlarni saqlang va va reestr muharririni yoping.

center

Endi barcha yangi dasturlar siz ko’rsatgan diskka, katalogga o’rnatiladi. Bu
faqat tizim diskining to’lib qolishi muammosinigina hal qilib qolmasdan
balki, Windows da duch kelinadigan ba’zi bir muammolarda ham yordam beradi.

Ko’pincha tizimni qayta o’rnatsangiz, dasturlarni qaytadan o’rnatishingizga
hojat qolmaydi, chunki ularning ko’pchiligi bemalol ishlashda davom
etadi.

Ko’pchilik kompyuterini ishlatish mobaynida uni «eng yaxshi» xolatga keltiradi. Yani, xar xil dasturlar o’rnatadi, kerakmaslarini o’chiradi, windowsni nastroykalarini to’girlaydi va behosdan tizim fayllari o’chib ketib qolsa (masalan, virusdan), keyin bu ishlarni yana qaytadan qilib chiqishga to’g’ri keladi. buni oldini olish uchun quyidagicha yo’l tutish mumkin Buning uchun bizga Windows XP SP3 Chip operatsion tizimini diski, yoki Acronis True Image Home dasturi kerak bo’ladi (shu dastur ko’pincha Windows XP SP3 Chip operatsion tizimini diskini ichida qo’shimcha utilita sifatida berilgan bo’ladi). Xullas, kompyuterga diskni qo’yib, perezagruzka beramiz, kompyuter qayta yonishida BIOS dan kirib, Diskdan zagruzka qiladigan qilamiz va quyidagi ekran chiqadi:

bazida belgilangan joyda shunchaki acronis degan yozuv turadi, bunday xolda shu yozuvni tanlasak ham bo’ladi, so’ng,

bu yerda menyudan birinchisi, True Image ni tanlaymiz,

Резервное копирования dan диски ni tanlaymiz, so’ng Windows o’rnatilgan diskni tanlaymiz:

Dalee ni bosganimizdan keyin ushbu arxivni saqlash uchun joyni tanlashimiz kerak bo’ladi, bu bosqichda, arxiv fayl boshqa diskda saqlanishi kerak. shuning uchun rezervlayotgan diskdan boshqa diskni ko’rsatamiz va arxivlashni amalga oshiramiz, so’ngra bu arxiv fayldan hohlagan vaqtimizda windowsni qayta o’rnatib olishimiz mumkin bo’ladi, bunda hozirgi vaqtda windowsimiz qay xolatda turgan bo’lsa, shu xolicha tushadi, xattoki rabochiy stoldagi narsalarimiz ham joyida qoladi. Eng Yaxshi tomoni esa, aynan shu parametrdagi boshqa kompyuterga ham shu arxiv faylni o’rnatsak, o’rnatilgan dasturlariyu, rabochiy stoldagi fayllariyu, umuman windows turgan diski to’liqligicha biz arxiv olgan kompyuterimiznikiday bo’lib qoladi. bu esa ko’plab kompyuterlarga xizmat ko’rsatadigan katta kompaniyalarning sis. administratorlari uchun ayni muddao.
arxivdan windowsni tiklash uchun quyidagini qilishimiz kerak: buning uchun xuddi arxivlashdek ketma -ketlikda acronis true image home oynasiga kiramiz va u yerdan:

Восстонавления ni tagidagi Диски ni tanlaymiz. keyingi oynada

Обзор tugmasini bosib, arxiv faylni saqlangan joyidan ko’rsatamiz. Keyin sizdan qaysi diskni vosstonavit qilmoqchi ekanligingizni so’raydi, siz windowsiz turgan (ko’pincha C disk)ni ko’rsatasiz va vosstonavit qilishni boshlaysiz, bu jarayon 10 minutcha vaqtni oladi. demak, agar bizda windowsni arxivlangan fayli bor bo’lsa, bu fayl va acronis True Image dasturi yordamida 10 minut ichida windows ustanovka qilish imkoniyati mavjud bo’lar ekan. Lekin bu usulda siz windowsni ichidagi dasturlarni birma-bir o’rnatib chiqishingizga to’g’ri kelmaydi, ular o’rnatilgan xolida tushadi. bu esa windowsni o’zi uchun 30 minut + qo’shimcha dasturlar ( ayniqsa Photoshop, Microsoft Office 2010 kabi katta dasturlar) uchun 20 minut = 50 minut o’rniga 10 minutda windowsni o’rnatish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kunda ko’pchilik dasturchilar (o’z navbatida qiziquvchan talaba va foydalanuvchilar) Android tizimida loyihalar yaratishmoqda. Ushbu maqolani yozishimdan asosiy maqsad, Android da yaratilgan loyihalarni tezkor kompilyatsiya qilishni o’rgatish bo’lib, bu maqola ko’pchilik foydalanuvchilarga yordam beradi degan umiddaman.

Demak, shuni aytib o’tishimiz mumkinmki, Android da ko’pchilik foydalanuvchilarimiz kompilyatsiyani AVD (Android Virtual Device) emulator orqali amalga oshiradi va bunda natija chiqishini azgina kutish kerak bo’ladi. Ushbu kamchilikni sezilarli darajada bartaraf etish uchun Genymotion virtual mashinadan foydalanishimiz mumkin. Quyida Genymotion ni o’rnatib undan foydalanish ketma-ketligini ko’rib chiqamiz.

  • Genymotion ni bepul talqinini yuklab olamiz. Eslatma: Albatta ushbu saytda ro’yhatdan o’tish kerak bo’ladi
  • Genymotion ni o’rnatamiz (bunda Oracle Virtual Machine ham avtomatik tarzda o’rnatiladi)

Panel of Genymotion after installation

  • Ushbu oynadan «No» ni tanlaymiz va «Settings» menyusidan «ADB» bandiga kompyuteringizga o’rnatilgan Android SDK yo’lini ko’rsatamiz. Misol uchun: d:dataAndroidInstalladt-bundle-windows-x86_64-20131030sdk

  • Endi ushbu dasturda yangi Virtual Device yaratamiz. Buning uchun Genymotion ning asosiy oynasidan «Add» tugmasi bosiladi va natijada serverga ulanish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar (ya’ni saytda ro’yhatdan o’tgan paytdagi Username va Password) kiritiladi va «Connect» tugmasi bosiladi.

  • Autentifikatsiya muvoffaqiyatli tugallangandan keyin, quyida rasmda ko’rsatilganidek, Android OT talqini (misol uchun: Android 4.2.2) va Qurilma turi (misol uchun Galaxy S3, Nexus 10 va h.k.) ko’rsatiladi va hosil bo’lgan qurilmalar ro’yhatidan keraklisi tanlanib «Next» tugmasi bosiladi. Bunda joriy holatda kompyuter internet tarmog’iga ulangan bo’lishi lozim bo’ladi. Chunki ushbu dastur on-line tarzda tanlangan qurilmaga mos ma’lumotlarni serverdan ko’chirib oladi.

  • Dastur o’rnatilib bo’lgandan keyin «Finish» tugmasi bosiladi. Natijada biz Vertual device ni ishga tushurishimiz mumkin. Buning uchun Genymotion asosiy panelidagi «Play» tugmasidan foydalanamiz.

  • O’z navbatida Eclipseda Genymotion virtual qurilmasini ko’rsatib qo’yishimiz lozim bo’ladi. Buning uchun Eclipse da Help -> Install new software ga kiramiz va quyidagi rasmda ko’rsatilgan joyga
  • http: //plugins.genymotion.com/eclipse ssilkani kiritamiz va Eclipse uchun Genymotion plug-in ni o’rnatamiz.

  • Va nihoyat Genymotion ni o’rnatdik, kerakli parametrlarini sozladik va o’z navbatida Eclipse dasturini Genymotion Vertual Device bilan bog’ladik. Endi Eclipse orqali yaratilgan loyihalar kompilyatsiya qilinganda Genymotion vertual dasturi orqali tezkor ravishda ishga tushuriladi.

Ushbu maqola sizga yordam beradi degan umiddaman.

 

Windows operastion tizimi bilan ishlaganda, ish unumdorligi oshirish maqsadida klaviaturadagi maxsus windows emblemasidan foydalanshni maslahat beraman. Bu tugma odatda klaviaturaning 2 joyida uchraydi:chap tomon CTRL va ALT tugmalari o’rtasida, o’ng tomon ALT va «свойство» chiqaradigan tugma o’rtasida. Demak quyidagi kombinastiyalarni bir marotaba yaxshilab yodlab oling.

Windows emblemasi – «ПУСК» menyusini ochish yoki yopish.

Windows emblemasi + PAUSE – Sistemani(Windows)“свойство” sini ko’rish.

Windows emblemasi + D – Ish stolini ko’rish(Barcha oynalar ekranning quyi qismiga tushadi va ish stoli ochiladi).

Windows emblemasi + M – Barcha oynalarni“свернуть” qilish(quyi qismga tushirish).

Windows emblemasi + SHIFT+M – “свернуть” qilingan oynalarni ish stoliga chiqarish.

Windows emblemasi + E – “Мой компьютер”oynasini ochish.

Windows emblemasi + F – fayl va papkalarni qidirish oynasini ochish(Find).

CTRL+ Windows emblemasi + F – kompyuterlarni qidirish oynasini ochish(tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish uchun).

Windowse emblemasi + L – kompyuterni blokirovka qilish yoki foydalanuvchini o’zgartirish uchun ishlatiladi.

Windows emblemasi + R“Выполнить”oynasini chaqirish.

Windows emblemasi + T – “Панел задач”(ekranning quyi qismida(«ПУСК» yonida)) dagi dasturlarni birin ketin aktiv holatga o’tkazish.

Windows emblemasi + biror son – kiritilgan songa mos holda, “Панел задач” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ishga tushirish.

CTRL+Windows emblemasi + biror son – kiritilgan songa mos holda, “Панел задач” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni oxirgi aktiv oynasini ochish.

SHIFT+Windows emblemasi + biror son – kiritilgan songa mos holda, “Панел задач” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni yangi nusxasini ochish.

ALT+Windows emblemasi + biror son – kiritilgan songa mos holda, “Панел задач” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ochilgan barcha nusxalarini ko’rish.

Windows emblemasi + TAB – Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko’rinishda bir biri bilan almashtirish.

CTRL+Windows emblemasi + TAB – Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko’rinishda bir biri bilan almashtirishda, oldin qotirib so’ng TAB tugmasi orqali o’tish.

Windows emblemasi + PROBEL – Ish stolini ko’rish(Faqat shu knopkalarni bosib turgan holda ko’rish mumkin. Qo’yib yuborsa yana eski holatga qaytadi).

Windows emblemasi + YuҚORI STRELKA – aktiv oynani to’liq ekran bo’ylab ochib beradi.

Windows emblemasi + ChAP STRELKA – aktiv oynani chap tomon bo’ylab ochib beradi(chap tomon to’liq to’lgan holda).

Windows emblemasi + O’NG STRELKA – aktiv oynani o’ng tomon bo’ylab ochib beradi(o’ng tomon to’liq to’lgan holda).

Windows emblemasi + QUYI STRELKA – aktiv oynani boshlang’ich folatga qaytaradi.

Windows emblemasi + HOME – aktiv oynadan boshqa barcha oynalarni ekranning quyi qismiga joylashtiradi(tushundilaku svernut qiladi).

Windows emblemasi + SHIFT + YuQORI STRELKA – aktiv oynani yuqori va quyi qismini ekrannng oxirigacha kengaytiradi.

Windows emblemasi + P – Ekranga chiqarish rejimini o’rnatish.

Windows emblemasi + U – “Центр специалный возможности” oynasini ochib beradi.

 

Windows operastion tizimiga, ba’zi dasturlarni o’rnatganda(misol uchun mail agent, kaspersky) ular avtomat tarzda «автозагрузка» qismiga tushadi va har operastion tizim yuklanganda shu dastur avtomat ishga tushadi. Ba’zi foydalanuvchilar bu jarayonni e’tiborsiz qoldirishadi. Bu esa tizim yuklanishini juda sekinlashtiradi.

Ba’zan dasturlarni avtomat ishga tushishi, ishni tezroq boshlashga yordam berishi yoki esdan chiqgan jarayonlarni avtomat yuklashi sababli foydali bo’lishi mumkin, lekin bunday dasturlarni ko’payib ketishi ish jarayoni sekinlashishiga katta sabab bo’lib qoladi.

Shularni inobatga olgan holda man sizlarga dasturlarni avtomat ishga tushirish jarayonini boshqarish(avtomatikani o’chirish yoki yoqish) usullarini ko’rsatib o’taman. Demak boshladik.

1. Reestr orqali. Reestrni chiqarish uchun Windows(windows 7, windows vista, windows xp) operastion tizimida ПУСК->ВЫПОЛНИТЬ(yoki win+R) va paydo bo’lgan oynaga regedit buyrug’ini beramiz va OK.

Biroz kutamiz va HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Run adresini qidiramiz. Barcha «автозагрузка» lar ga shu adres javob beradi.

HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Run adres esa har bir foydalanuvchining shaxsiy dasturlarini avtomat ishga tushiruvchi adresdir . Kerak emas dastur topiladi va sichqonchani o’ng tomoni bosilib “Удалить” komandasi beriladi.

  1. «Автозагрузка» papkasi orqali. Bu papka windows katalogida joylashgan bo’ladi yoki «ПУСК» orqali topiladi. ПУСК->ПРОГРАММЫ->АВТОЗАГРУЗКА.

Kerakli dastur tanlanadi va sichqonchani o’ng tugmasi bosilib, «Удалить» buyrug’i beriladi. Avtomat ishga tushishi lozim bo’lgan dastur shu adresga nusxalanadi.

  1. Utilita orqali. Operastion tizimning utilitasini chaqirib shu orqali «автозагрузка» ni boshqaramiz. Utilitani chaqirish: ПУСК-> ВЫПОЛНИТЬ va msconfig buyrug’ini beramiz.

Hosil bo’lgan oynaning «автозагрузка» qismi(вкладкасиi)ga o’tamiz va kerak bo’lmagan dasturdan belgi (птичка) ni olib tashlaymiz va OK tugmasini bosib ishni yakunlaymiz.

  1. Maxsus dasturlar orqali. «Автозагрузка» ni boshqarishda bir qancha dasturlardan ham foydalanish mumkin. Misol uchun TUNEUP, AUTORUNS,…

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, «автозагрузка»ni boshqarishda operastion tizimning utilitasidan(msconfig) foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki, adashib olib tashlangan dasturni utilita orqali qayta tiklash imkoni mavjud. Reestr bilan ishlashni maslahat bermayman, bu operastion tizimning yuragi hisoblanadi. Faqatgina professional foydalanuvchilar reestrni ichini titkilashlari mumkin.

Bu maqolada man sizlarga USB yoki telefon fleshkasi orqali kompyuterga operastion tizim qo’yishni tushuntiraman. Bu operastion tizim o’rnatishning juda foydali va qulay usuli hisoblanadi. NetBook egalari! bu maqola asosan sizlar uchun(ehhhh DVD-ROM siz ishlash qiyin a???).

Demak boshladik, diqqat bilan har bir qadamni to’g’ri bajarishga harakat qiling. Man o’zim shu orqali operastion tizim qo’yishga erishdim.

USB-flesh ni Windows 7 yuklanishi(загрузкаси) uchun tayyorlaymiz.

1. USB-flesh olamiz: eng kami 4GB bo’lsin, SD-karta ham bo’laveradi. USB portga ulaymiz. Extiyotkorlik zarar qilmaydi, chunki USB-fleshka ichidagi ma’lumotlaringizdan ayrilishingiz aniq.

2. Windows da CMD.EXE ni ishga tushiramiz. Bu nimaligini bilmaganlar uchun )))) eslatib o’taman: ПУСК->ВЫПОЛНИТЬ->cmd ni terib ENTER tugmasini bosamiz. ekranda qora fonli oyna chiqadi. Administrator ruxsati bilan bo’lsin albatta!!!

3. Disklarni boshqaruvchi buyruq diskpart komandasini teramiz, so’ng DISKPART> taklifini kutamiz. Kutishning zarari yo’q, o’rganasiz.

4. list disk komandasini terib, u yerdan o’zimizning fleshkamizni topib olamiz. Fleshka nomi odatda Disk1 deb nomlanadi, lekin boshqacha ham bo’lishi mumkin.

5. select disk # (bu erda # – bizning USB-drayv nomeri, 4 – punktda olingan nomer) – select disk1 ni teramiz. Bundan keyingi barcha operastiya ushbu USB-fleshka ichida amalga oshirilishini anglatadi.

6. Clean ni teramiz!!! Alvido mening ma’lumotlarim!!!

7. USB-fleshkada yangi bo’lim yaratish(создать) uchun – create partition primary ni teramiz.

8. select partition1 teramiz, so’ng uni aktivlashtiramiz. Aktivlashtirish uchun active komandasini teramiz.

9. Aktivlashtirilgan bo’limni NTFS fayl tizimida ishlashi uchun format fs=NTFS ni teramiz va formatlaymiz.

10. Keyingi komanda assign. Qurilmani ulash jarayonini aktivlashtirish, ya’ni hosil qilingan bo’limlar(razdellar) uchun xarflar olamiz. Ba’zi kompyuterlar bu buyruqdan so’ng yangi fleshka kompyuterga ulandi degan xabar beradi.

11. Lirik chekinish qilamiz. Man har doim ishim xatosiz ketayotgan bo’lsa, biroz lirik chekinish qilaman.

Demak eshiting:

a. Ikki pashsha shiftga ko’nib turibdi. Birinchisi debdi:>
– Odamlar ahmoq-da!
– Nega?
– Shiftni bezash uchun shu-u-ncha pul sarflashadiyu, o’zlari polda yurishadi.

b. Сели в машину, компьютерщик, новый русский и слесарь. Заводят – не заводится. Слесарь говорит:
– Сейчас я гляну, что случилось, все сделаю – и поедем.
Новый русский говорит:
– Сиди, я сейчас по сотовому позвоню, приедет бригада мастеров и все быстро сделает.
А компьютерщик говорит:
– Может, все выйдем из машины и снова зайдём?

)))) mana kulishib ham oldik endi davom ettiramiz.

12. diskpart dan chiqish uchun exit ni teramiz.

USB-drayv keyingi jarayonlar uchun tayyor.

Diqqat Diqqat!!! Windows 7 distributivlaridan biri yozilgan DVD-diskni olamiz.

12. So’ng ya’na bir bor CMD.EXE oynasini ochamiz.

13. Disk uchun atalgan harfga o’tamiz. Misol uchun G:

14. cd \boot – distributivning boot katalogiga o’tamiz.

15. Keyingi komanda bootsect /nt60 I: – komanadsini teramiz, bu erda I: – biz tayyorlagan USB-fleshka uchun berilgan xarf. Ushbu komanda I: diskdagi zagruzchikni Windows 7 zagruzkasi uchun to’g’rilab beradi.

Biz ishlayotgan Operastion tizim va USB-fleshkaga zagruzchiki o’rnatilayotgan Windows 7 distributivi bir xil bitga ega bo’lishi kerak(32 bit yoki 64 bit).

Shundan so’ng o’rnatiladigan Windows 7 o’rnatma paketlari USB-fleshkaga ko’chiriladi. Buni komandalar qatorida xcopy yoki robocopy komandalari yordamida bajarsa xambo’ladi. Yoki oddiygina ko’chirib qo’yish ham mumkin(CTRL+C va CTRL+V).

16. Endi bemalol netbukka USB-fleshkani ulab, Windows 7 ni o’rnatish mumkin.

Ish jarayonini tezlashtirish va o’rnatilgan dasturlarni tez ochish uchun Windows operatsion tizimining run(выполнить) oynasidan foydalanish qulaydir. Papkalar ichini ochib yoki “ПУСК” tugmasi orqali o’rnatilgan dasturlarni qidirib topish, ma’lum vaqt talab etiladi. Shuning uchun quyidagi komandalarni bilib olsangiz dasturlarni tezda ishga tushirishingiz mumkin bo’ladi. Komandalarni yozish katta, kichik harflarning umuman farqi yo’q.

Quyida operatsion tizimda asosiy ishni bajaruvchi va ko’p qo’llaniladigan dasturlarning qisqa shakli keltirilgan. Bu komandalar Windows 7 operatsion tizimida tekshirib chiqilgan va ishlaydi. Windows ning qolgan versiyalarida ma’lum bir komandalar ishlamasligi mumkin, lekin ko’p qismi boshqa versiyalarda ham ishlaydi. Demak, boshladik…

ПУСК->Выполнить(Windows emblemasi+R)-> ichiga quyidagi komandalarni birini yozamiz:

Wndows operatsion tizimi komandalari

  1. Calc – kalkulyatorni ishga tushirish
  2. Mspaint – paint rasm muharririni ishga tushirish
  3. Notepad – juda kerakli dastur, yon daftarcha, yaqin hamroh “Блокнот” ni ishga tushirish
  4. Cmd – bilganlar, tushunganlar uchun qulay, ish bajaruvchi dastur “командная строка” ni ishga tushirish.
  5. Taskmgr – CTRL+ALT+DELETE komandalarini o’rniga shu operatorni kiting va “Диспетчер задач Windows”ni ishga tushiring.
  6. Msconfig – “Конфигурация системы” oynasini ochish. Asosan “автозагрузка” lrni o’rnatish uchun ishlatiladi.
  7. Dxdiag – sistema va qurilmalar haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish uchun kerak bo’ladigan oyna, ya’ni “Средство диагностики DirectX” oynasi.
  8. Mstsc – tarmoq orqali ruhsat etilgan kompyuterning ish stoliga kirishni amalga oshiruvchi “Подключение к удаленному рабочему столу” oynasini hosil qilish.
  9. Services.msc – operatsion tizim yuklanganda ishga tushuvchi barcha “Служба” larni ko’rish va ularni boshqarish oynasini hosil qilish.
  10. Regedit – “редактор реестра” oynasi. Yosh bolalarga(новичок, чайник) bu bilan o’ynashish qatiyan man etiladi.
  11. OSK – ba’zan kompyuter klaviaturasi ish paytida ishdan chiqib qoladi, shunda bu komanda yordam beradi, tarnishing “экранная клавиатура”.
  12. Wordpad – notepad ning akasi wordpad oynasini hosil qlish.
  13. Winver – “О программе Windows” oynasi. Qaysi operatsion tizim o’rnatilgan, uning egasi kim(kimga litsenziya berilgan) kabi ma’lumotlarni ko’rish ochiladigan oyna.
  14. Charmap – Klaviaturada mavjud bo’lgan simvollardan tashqari, boshqa klaviaturada mavjud bo’lmagan simvollarni jadval ko’rinishida chiqaradi. Bu degani istalgan simvolni istalgan joyda ishlatish mumkin degani.
  15. Msinfo32 – “О системы” operatsion tizim, uning komponentlari, kompyuter qurilmalari haqida to’liq ma’lumot chiqarib beradi.
  16. Soundrecorder – ovoz yozish uchun kichik dasturcha “звукозапись” ni ishga tushirish.
  17. Magnify – kichik yozuvlarni kattalashtirish uchun ishlatiladigan tizimning “экранная лупа” komponentasi.
  18. Cleanmgr – “Очистка диска” belgilangan(o’rnatilgan) disk razdelini tozalash(формат).
  19. Control – “Панел управления” qurilmalar, komponentlar, umumiy operatsion tizimni sozlovchi oyna.
  20. Compmgmt.msc – “управления компьютером” butun kompyuterni boshqarish(guruhlarni boshqarish, foydalanuvchilarni boshqarish, disklarni…).
  21. Devmgmt.msc – barcha kompyuter qurilmalarini haqida ma’lumot beruvchi “диспетчер устройств” oynasini hosil qilish.
  22. – shu vaqtdagi kompyuter foydalanuvchisiga tegishli katalogga kirish.
  23. \\190.0.7.10 – Ip adressni bilgan holda, shu ipadressga tegishli kompyuterga o’tish. Bunda faqat ruhsat etilgan kataloglarni ko’rish mumkin bo’ladi.
  24. Ping ipadres – boshqa kompyuter bilan aloqani tekshirish uchun mo’ljallangan utility. Ipadres degan joyga kerakli ip adres yoziladi.
  25. C:, D: – Kerakli vinchester razdeliga yoki kerakli katalogga tezkor o’tish uchun qulay yozuv. Agar kerakli katalogga o’tish kerak bo’lsa, C:\windowsko’rinishida o’tiladi.
  26. Iexplore – Microsoft Internet Explorer web brouzerini ishga tushirish

MSOffice dasturlarini ishga tushiruvchi komandalar

  1. Winword – Microsoft Word matn muharririni ishga tushirish
  2. Excel – Microsoft Excel jadval muharririni ishga tushirish
  3. Powerpnt – taqdimotlar yaratuvchi Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish
  4. Msaccess – ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchilar uchun Microsoft Access dasturini ishga tushirish
  5. Infopath – hisobotlar va har xil blankalarga ega bo’lgan Microsoft Office InfoPath dasturini yuklash.
  6. Mspub – Microsoft Publisher ya’ni dizaynerlik iqtidori bor foydalanuvchilar uchun qulay dastur(bukletlar, vizitkalar,…).
  7. Ois – Rasmlarni ko’rish uchun mo’ljallangan Microsoft Office Picture Manager dasturini ishga tushirish
  8. Outlook – Microsoft Outlook dasturiga kirish.

Boshqa asosiy dasturlarni ishga tushiruvchi komandalar

  1. Winrar – arxivlovchi, ommabop dastur Winrar.
  2. Firefox – Mozilla Firefox web brouzerini yuklash.
  3. Nero – CD va DVD disklarga yozuvchi, hozirgi kunda yozishdan tashqari boshqa vazifalar(video va musiqa fayllarini ochish, rasmlarni tomosha qilish,..)ni ham bajaruvchi super NERO dasturini yuklash.
  4. Delphi32 – Delphi(dasturchilar uchun) dasturini yuklovchi komanda.
  5. Lingvo – Lingvo tarjimon dasturi. Berilgan so’zlarni bir necha tillarga tarjima qilib beruvchi dasturni ishga tushirish.
  6. Photoshop – Bu dasturni bilmaydigan IT soha vakillari bo’lmasa kerak. Ha o’sha Adobe Photoshop dasturi.
  7. Opera – Ya’na bir brouzer Opera. Ko’pchilik har xil turdagi brouzerdan foydalanadi, shuning uchun bu yerda bir necha ommabop brouzerlarni tez yuklash komandasi berilgan.

Yuqoridagi barcha dasturlar(boshqa dasturlar ham) o’rnatilganda global o’zgaruvchi hosil qiladi va sistema hotirasiga saqlab quyadi. Saqlangan global o’zgaruvchini “командная строка” ga yozsangiz, shu dastur yuklanadi. Ko’rib turganingizdek barcha global o’zgaruvchilar o’z dasturi nomidan olingan(ba’zi hollarda dasturning ma’lum bir qismidan olinadi).

protsessorlar haqida

Juda ko‘p kompyuter foydalanuvchilari Windows(Linux,..) operatsion tizimi bir nechta razryadlarga(x32, x64, x86) bo‘linishidan xabari bor. Shu qatorda ko‘p foydalanuvchilar bu nima uchun kerakligini bilishmaydi. Undan tashqari bu razryadlarga tegishli ko‘plab miflar ham mavjud.

Hozirgi kunda faqat 2 tipdagi razryadlar mavjud bo‘lib, bular x32 va x64 dir. X86 esa x32 ning sinonimi hisoblanadi(qayerdadir x86 razryad bilan uchrashib qolsangiz, bilinki bu x32 dir).

Agar bitta o‘rnatiladigan diskda ham 32 ham 64 razryadli operatsion tizimlar mavjud bo‘lsa, o‘rnatish jarayonida sizga tanlashga imkon beradi. Odatiy o‘rnatilish(по умолчание) x32 o‘rnatiladi.

Bu razryadlarni qaysi biri o‘rnatilganini qayerdan bilish mumkin? Demak Мой компьютер ga sichqonchani o‘ng tomoni bosilib, свойство bandiga kiriladi va ekranda quyidagi oyna paydo   bo‘ladi(Rasmda windows 7 uchun ko‘rsatilgan, XP va boshqa distributivlarda salgina farq qilish mumkin ).

Faqat operatsion tizim emas, balki dasturlar, drayverlar ham razryadlarga bo‘linadi. Bu dasturlar(drayverlar)operatsion tizim razryadiga qarab o‘rnatiladi. Agar tizim x32 razryadga ega bo‘lsa, faqat x32 razryadli dastur va drayverlar o‘rnatiladi(x64 li dastur va drayverlar tushmaydi). Agar tizim x64 razryadga ega bo‘lsa, x64 li dasturlar ham x32li dasturlar ham o‘rnatilishi mumkin. Bu degani x64 li kuchli deganidir.

Demak, 2 darajali ma’lumotlar bilan tanishib chiqdik, endi asosiy masalaga o‘tamiz, O‘zi ular nima?   Bu razryadlar dasturlarni va ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini o‘rnatadi. Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, x64 razryadli yadrolar bir vaqtning o‘zida 64 Gb operativ xotira bilan ishlay oladi, bu asosan ko‘p yadroli protsessorlar uchundir. x32 razryadli yadrolar faqat 4 Gb operativ xotira bilan ishlay oladi va faqat x32 li dasturlarni bir vaqtning o‘zida 3 Gb operativ xotira bilan ishlata oladi. Bu degani agar sizda 8 Gb operativ xotira bo‘lsa va siz x32 li operatsion tizim o‘rnatsangiz faqat 4 Gb xotira ishlaydi, qolgani bekor yotadi(effektiv emas).

x64 razryadli operatsion tizimlar ham 32 ham 64 li dasturlarni ishga tushira oladi, lekin aksincha emas.

x64 razryadli versiya ko‘protsessorli va ko‘pyadroli hisoblanadi, shuning uchun, agar sizda minimum 2 ta yadro bo‘lsa, x64 li o‘tish foydadan holi bo‘lmaydi. Agar operativ xotira 4 Gb dan kam bo‘lsa, o‘tish tavsiya qilinmaydi. x64 razryadli drayverlar, dasturlar va operatsion tizimlar x32 ga qaraganda hajmi biroz kattaroq hisoblanadi. Agar siz x32 li da x64 li dasturni ishga tushirsangiz, razryadlarning mos emasligi haqida ma’lumot olasiz.

Xullas shunaqa gaplar. Qisqa qilib aytganda x64 asosan server mashinalariga(Itanium protsessor) o‘rnatiladi, lekin hozirgi rivojlanish davrida oddiy ishchi kompyuterlarga ham x64 razryadli operatsion tizim va dasturlar o‘rnatilmoqda.

arxiv