facts

You are currently browsing the archive for the facts category.

vir

killer

killer

kingsoft.zn.uz

O‘zingni ehtiyot qil…

 

…Do‘stim bilan m-agent orqali gaplashib turganimda, «Norinni yaxshi ko‘rarkansan-a?»- deb qoldi. Hayron bo‘ldim. Qayerdan bilding, desam, «Pochtangda «Maxfiy savol» qilib «Sevgan taomingiz»ni belgilagan ekansan, oldin «palov», keyin «osh», keyin «norin» so‘zlarini kiritgandim, uchinchi urinishim to‘g‘ri chiqdi. Parolingni o‘zgartirdim, yozib ol»,- deb pochtamning yangi parolini berdi. E, hazilingni sani… dedim-da, pochtamga kirdim-u, darrov «Maxfiy savol»ni ham, parolni ham murakkabrog‘iga o‘zgartirib oldim.

Bugungi kunda kompyuter va Internetda parolsiz ishlashni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kompyuterga kirishda, turli saytlar va forumlarda ro‘yxatdan o‘tishda, elektron pochtamizni ochishda va boshqa ko‘plab holatlarda parol ishlatamiz.

Qandaydir ahamiyatsiz, bir marta kiriladigan saytda, masalan, o‘yinlar yuklab olish uchun ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsangiz, istalgan parolni kiritishingiz mumkin. Lekin jiddiy saytda, doimiy akkaunt ochish uchun ishonchli parol topish kerak.

Aks holda parol yomon niyatli kimsalar tomonidan buzib ochilishi va olingan ma’lumotlar bizning nomimizdan birovlar bilan suhbatlashish, turli xatlar yuborish va hatto moliyaviy jinoyatlar uchun ham ishlatilishi mumkin.

Bir qaraganda siz o‘ylab topgan parolni hech kim buza olmaydi. Mening xayolimdagi so‘z (raqam)ni boshqalar qayerdan biladi, dersiz?

Hammasi juda oson. Parol buzishning eng keng tarqalgan yo‘li – barcha ehtimoliy variantlarni terib chiqishdir. Uni «brutfors» (inglizcha «brute force» – «qo‘pol kuch») deb ataydilar. Dastlab standart parollar («123456», «111111», «789456», «qwerty», «asdf», «йцукен» va boshqalar) tekshiriladi, keyin barcha belgilar turli ketma-ketlikda qo‘yib chiqiladi.

Albatta, bu ishlar qo‘lda emas, maxsus dasturlar yordamida qilinadi. Bu dasturlar qisqa muddatda ko‘plab turli kombinatsiyalarni tekshirishga qodir.

Misol uchun:

«09071995» (tavallud sanasi) paroli 1-2 sekundda topiladi;

«akmal» paroli 4 sekundda aniqlanadi;

«Akmal» parolini topishga esa, 3-4 daqiqa ketadi;

«1n2f4g8y0» paroliga 4 kun vaqt sarflanadi;

«EC3+gHFBI» parolini topish uchun 12 yil talab etiladi;

«kKC%5426hMIN» parolini topish uchun esa, bir necha million yil ketadi.

Bundan qanday xulosaga kelishimiz mumkin?

1. Parol qisqa bo‘lmasligi kerak.

8 ta belgidan kam parolni umuman ishlatmaslik kerak, yaxshisi parol kamida 10-12ta belgidan iborat bo‘lsin.

2. Parol faqat raqamlar yoki nuqul harflardan iborat bo‘lib qolmasin (ayniqsa ular takrorlanmasin). Yaxshisi ular aralashiga kelsin, yanayam afzalrog‘i – parolda maxsus belgilar va tutuq belgilarini ishlating.

3. Bir parolning o‘zida kichik va katta harflardan foydalanish kerak, bu Shift klavishasi yordamida amalga oshiriladi.

So‘zimiz boshida keltirgan holatimga qaytsak, unda parolimni buzishda boshqacha yo‘l tanlangan edi. Bu – parolni uning egasi haqidagi ma’lumotlar yordamida buzishdir.

Dastlab bo‘lajak «qurbon» to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar yig‘iladi (qo‘lda yoki maxsus dasturlar yordamida), keyin ular turli kombinatsiyalarda qo‘llab ko‘riladi.

Mening holatimda do‘stim «Parolni unutdingizmi?» bo‘limidagi «Sevimli taomingiz» savoliga mantiqan javob izlagan. O‘zbek xalqining sevimli taomlarini bir boshdan yozib ko‘rgan. Uning baxtiga, men «shilpildoq» yoki «mastava» yo «qo‘ygo‘shtidankabob» emas, Toshkentda keng tarqalgan «norin»ni kiritgan ekanman. Shu sababli u uchinchi urinishdayoq pochtamni buzib kira oldi. To‘g‘ri, bu ishni u hazil tariqasida qildi, lekin boshqalar hazillashmaydilar-da!

Yana bir misol – «alisherdavlatov» uzun parol sanaladi, brutfors uslubida uni topishga 150 ming yilcha vaqt ketadi. Lekin jinoyatchi bu parol meniki ekanligini biladigan bo‘lsa, birinchi bo‘lib aynan shu kombinatsiyani tekshirib ko‘radi va parolimning «uzun»ligidan bir tiyinli foyda bo‘lmaydi.

Biror odam haqidagi ma’lumotlarni qayerdan ko‘proq, tezroq va osonroq olsa bo‘ladi? Mahalladanmi, maktabdanmi? Yo‘q, birinchi navbatda ijtimoiy tarmoqlardan.

«Odnoklassniki», «Moy mir», «mening olamim» va boshqa shu kabi saytlarga kirib, kishinining ismi-sharifi, tavallud sanasi, oila a’zolari, hatto uy hayvonlari-yu qiziqishlari haqida to‘liq ma’lumot olsa bo‘ladi.

Misol uchun, Akrom Mirrahimov ismli shaxs «Odnoklassniki»dagi akkauntiga kirish uchun «AkromMirrahimov» parolini ishlatsa, bu kamida bee’tiborlilik bo‘ladi. Uning nomidan do‘stlariga turli xil iltimoslar-u, bema’ni, pulli saytlarga takliflar tinimsiz jo‘natila boshlansa, o‘zining hafsalasizligidan deb bilsin.

Yana xulosalar chiqaramiz.

4. O‘zingiz yoki oilangiz haqida ma’lumot (tavallud kunlari, ism-shariflar, xonadon va telefon raqamlari va boshqalar)ga ega parol ishlatmang. Shaxsiy ma’lumotlar qatnashgan kombinatsiyalardan ham foydalanmang.

5. Parolni mantiqan o‘ylab topib bo‘lmasin, shuning uchun har qanday tildagi lug‘atda mavjud, ma’no anglatuvchi birorta so‘zga asoslangan paroldan voz kechish kerak.

6. Javoblarini mantiqan o‘ylab yoki variantlarni terib topish oson bo‘lgan «maxfiy savollar»ni ishlatmang.

Endi parollar soni va ularni saqlashga to‘xtalamiz.

Deylik, ishonchli parol topib, hatto esimizda saqlab ham oldik. Lekin ikkinchi xuddi shunday murakkab parolni yodda saqlash qiyinroq, uchinchisini eslab qolish esa, undan ham qiyinroq bo‘ladi…

Aynan ana shu sababli ko‘pgina foydalanuvchilar turli saytlarda ro‘yxatdan o‘tayotganda bir xil parolni qo‘llaydilar. Yoki, o‘zlari uchun osonroq qilib «parol1» «parol2» «parol3» «parolMail», «parolSkype» shaklida «yangicha» parol yasaydilar. Bu umuman mumkin emas, chunki bunda bir akkauntni buzgan jinoyatchi qolganlariga ham bemalol kira oladi.

To‘g‘ri, tasodifiy belgilar yig‘indisidan iborat bir qancha parollarni yodda saqlash deyarli ilojsiz ish. Ammo nima bo‘lsa ham, ularni boshqalarning ko‘zi tushadigan joyga yozib qo‘yishdan ehtiyot bo‘ling.

Kompyuterga yoki undagi bir papkaga kirish parolini stikerga yozib, monitorga yopishtirib qo‘yishchalik soddalikka bormasangiz kerak. Ammo ana shunday holatlarni ko‘p kuzatganmiz!

Xulosalar chiqarib olsak.

7. Har bir sayt, forum va boshqa joylar uchun alohida parol ishlatish kerak.

8. Parollarni barchaning ko‘z oldida saqlamaslik kerak.

9. Parollarni Internetda yoki kompyuterda matnli fayl shaklida saqlamaslik lozim.

Agar jinoyatchi kompyuterimizga kira olsa, uning uchun parol turgan faylni topish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Sizga parol bilan to‘silgan ma’lumotlar jiddiy ahamiyatga ega bo‘lsa, parolni sir tutishga ham jiddiy yondashing. Uni yaqinlaringizga ham aytmang, ayniqsa yosh bolalarga.

Parollarni yon daftarchaga yozib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni ishonchli joyda saqlang. Bir tomondan, begona ko‘zdan nari bo‘lsa, ikkinchidan o‘zingiz ham yo‘qotib qo‘ymaysiz.

10. Parollarni brauzerlardagi «parollar ombori»da saqlamang.

Chunki, bunday omborga yuz foiz ishonib bo‘lmaydi. Jinoyatchilar brauzerlar himoyasidagi «tuynuk»larni darrov aniqlaydilar va hujumlar uyushtiradilar.

Agar parol buzilmasa ham, brauzer faoliyatida nuqsonlar ro‘y bersa, biz parollarimizdan foydalana olmay qolamiz. Bu ham dilni xira qiladigan holat.

11. Parollarni ikkita nusxada saqlang.

Agar ularni elektron ko‘rinishda saqlaydigan bo‘lsangiz, zaxira variantini ham tuzib qo‘ying. Agar qog‘ozga yozib qo‘ygan bo‘lsangiz, yana bir qog‘ozga yozing va ikkalasini alohida, birdek ishonchli joyda saqlang.

12. Parollarni begona dasturlarga, begona saytlarga kiritmang, shuningdek, ularni pochta orqali hech kimga, hatto buni sayt ma’muriyati yoki qo‘llab-quvatlash xizmati so‘rasa ham, jo‘natmang. Jiddiy saytlar ma’muriyati hech qachon parolingizni so‘ramaydi, shunday ekan, sizdan parol so‘raldimi, aksariyat hollarda bu qalloblarning ishi bo‘ladi.

13. Begona kompyuterlar, ayniqsa internet-kafelarda imkon qadar kamroq parol kiriting. Ayniqsa, begona va ko‘pchilik ishlatadigan kompyuterda to‘lov tizimlariga, internet-banking tizimiga parol bilan kirish maslahat berilmaydi. Chunki bu kompyuterlarda klavishlar bosilishi ketma-ketligini eslab qoluvchi qurilma yoki dastur (klaviatura shpionlari) o‘rnatilmagan deb kim ham kafolat bera oladi?

14. Parolni muntazam o‘zgartirib turing. Ayniqsa begona kompyuterda ishlaganingizdan keyin, uni o‘zgartirib oling. Parolingiz qanchalik ishonchli bo‘lsa, shuncha uzoqroq ishlatishingiz mumkin. Yuqoridagi tavsiyalarga asoslab tuzilgan 12-14 belgidan iborat parolni bir necha yil ishlatishingiz mumkin.

O‘zingni ehtiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri tutma degan naql bor. Parolingiz ishonchli bo‘lsa va uning birovlar qo‘liga tushishidan ehtiyot qilsangiz, ancha xotirjam bo‘lasiz.

Quyidagi saytlarda siz parolingiz qanchalik ishonchli va mustahkam ekanligini tekshirib olishingiz mumkin:

http://howsecureismypassword.net

bu saytdagi bo‘sh maydonchaga parolingizni yozsangiz, brutfors yordamida parolingizni buzish uchun qancha vaqt ketishi ko‘rsatiladi.

«Microsoft» kompaniyasining saytida esa, kirtilgan parol qanchalik «kuchli» ekanligi namoyish etilgan:

https://www.microsoft.com/ru-ru/security/pc-security/password-checker.aspx

Yana bir eslatma:

Agar akkauntingizda tushunarsiz o‘zgarish sezsangiz, sizning sahifangiz/pochtangizga kimdir kirganidan shubhalansangiz, tezda parolni o‘zgartiring va zarur hollarda sayt ma’muriyati, qo‘llab-quvvatlash ximatiga yoki ushbu akkauntni sizga bergan tashkilotga xabar bering.

Intel dan yangi avlod protsessorlari

Intel ning yangi protsessorlari, innovatsion yechimlar tufayli, avvalgi chiplarga qaraganda 20 foizga ko‘proq samarador bo‘lib, xuddi shunchaga kamroq energiya iste’mol qiladi.

Yangi protsessorlarga Ivy Bridge deb nom berilgan bo‘lib, 23 apreldan sotuvga chiqdi. Bu protsessorlar 13 ta modelda, 4 yadroli va asosan stolusti kompyuterlar, o‘rtacha va yirik noutbuklarga mo‘ljallangan. Ultrabuklar uchun kamroq energiya talab etuvchi protsessorlar keyinroq, bahor oxirlariga borib sotuvga chiqadi.
Ivy Bridge protsessorlarida bir nechta muhim yangiliklar mavjud. Birinchidan, bu 22-nm texnologik jarayon bazasida ishlab chiqariladigan birinchi chiplardir. Ikkinchidan, ularda birinchi marta Intel 3D Tri-Gate texnologiyasi asosida yaratilgan tranzistorlar qo‘llanildi.
Oddiy tranzistorlardan farqli o‘laroq, 3D Tri-Gate elektronlar harakatlanuvchi maydonni kengaytirish imkonini beradi. Bu esa, boshqaruvchi tokni, demakki, sirqib chiquvchi tokni ham, kamaytiradi. Natijada tranzistorni boshqarish samaradorligi oshadi.
Intel dagilar 3D Tri-Gate ga o‘tishni keskin burilish deb atamoqdalar. Chunki, ularning so‘zlariga ko‘ra, shu paytgacha hech kim bunday yarim o‘tkazgichlarni seriyali ishlab shiqarish bilan shug‘ullanmagan. E’tiborli jihati shundaki, Intel muhandislari ushbu texnologiyani 2002- yildayoq ishlab chiqqandilar. Mana endi ishlab chiqarishga joriy qildilar, deb xabar berdi Cnews

Microsoft: Windows 8ga talab katta

 

Dastlabki 10 hafta ichida 60 mln. nusxa Windows 8 sotildi. Bu ko‘rsatkich Windows 7 ning dastlabki oylardagi ko‘rsatkichlariga tengdir.

 

Microsoft korporatsiyasining Windows ishlab chiqarish bo‘linmasi marketing va moliya bo‘yicha direktori Temi Reller ma’lum qilishicha, yangi operatsion tizim sotuvga chiqqanidan buyon 60 mln. nusxa sotilgan. Windows 8 o‘tgan yil noyabr oyi boshlarida bozorga chiqarilgandi.

Bu raqam ichiga nafaqat foydalanuvchilar xarid qilgan nusxalar, balki kompyuter ishlab chiqaruvchilarga sotilgan litsenziyalar ham kiradi.

Temi Reller Las-Vegasdagi xalqaro iste’mol elektronikasi ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan taqdimotda aytishicha, Windows 8 ning sotilish sur’ati 2009 yilda sotuvga chiqqan Windows 7 qayd etgan ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri kelmoqda . Windows 7ning ham dastlabki ikki oy ichida 60 mln. nusxasi sotilgan edi. (Eslatib o‘tamiz, Temi Reller 2012 yil noyabr oyida Windows and Windows Live bo‘linmasi sobiq rahbari Stiven Sinofski ishdan ketganidan keyin, uning ba’zi vakolatlarini o‘z zimmasiga olgandi).

Microsoft korporatsiyasi Windows 8 sotilishi haqidagi ma’lumotlarni ikkinchi bor oshkor etmoqda. Bundan oldin, noyabr oyi oxirida korporatsiya bir oylik sotuvlar haqida hisobot bergandi. O‘shanda bir oy ichida 40 mln. nusxa Windows 8 sotilgani e’lon qilingandi. Demak, dekabr oyida yana 20 mln. nusxa litsenziyalangan Windows 8 operatsion tizimi o‘z egalarini topgan.

Shuningdek, Microsoft vakillari Windows Store internet-do‘konidagi ilovalar soni to‘rt barobarga oshganligini, shu kunga qadar foydalanuvchilar 100 mln.dan ziyod ilovalarni yuklab olganliklarini ma’lum qildilar. Ushbu do‘kon ish boshlaganiga endi ikki oy bo‘ldi.

Windows 8 – Windows oilasiga mansub operatsion tizimlar ichida ham oddiy kompyuterlar, ham sensorli noutbuk va planshetlarga o‘rnatsa bo‘ladigan universal interfeysga ega bo‘lgan dastlabki tizimdir. Bundan tashqari, birinchi marta Microsoft Intelga sodiqlikdan voz kechdi – yangi operatsion tizim aksariyat planshetlarga o‘rnatiladigan ARM mikroprotsessoriga ham moslab yaratilgan, qayd etadi cnews.ru sayti.

Samsung dan 8 yadroli protsessor

 

Samsung smarftonlar uchun 8 yadroli protsessor yaratdi. Ushbu chip 3D-grafikani ikki barobar tezroq qayta ishlash va akkumulyator zaryadini tejash imkonini beradi.

“Samsung Electronics” kompaniyasi Las-Vegasdagi Iste’mol elektronikasi ko‘rgazmasi doirasida o‘tgan matbuot anjumanida smartfon va planshetlar uchun yangi avlod chipini namoyish etdi. Exynos 5 Octa deb nomlangan ushbu protsessordagi yadrolar soni Samsung Galaxy S III ga o‘rnatilgan 4 yadroli Exynos 4 dagiga qaraganda ikki barobar ko‘p.

Yangi protsessor “ARM Holdings” kompaniyasi tomonidan 2011 yilda ishlab chiqarilgan ARM big.LITTLE texnologiyasi asosida ishlaydi.

Samsung Exynos 5 Octa

Samsung bosh ijrochi direktori Stiven Vu ta’kidlashicha,  Exynos 5 Octa  mobil qurilmalarning samaradorligini butunlay yangi darajaga olib chiqadi – hyech qanday kechikishlarsiz bir nechta murakkab ilovalarni ishga tushirish, ularning biridan-biriga teo‘zlikda o‘tish imkonini beradi. Misol uchun, videopleerda HD-film ko‘rish asnosida darhol brauzerga o‘tib, unda baravariga bir nechta sahifalarda ishlay olish mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida bir nechta og‘ir ilovalarda ishlash akkumulyator zaryadi tez tugashiga olib kelmaydi. Chunki ARM big.LITTLE texnologiyasi, ishlatilayotgan ilovalarning murakkabligiga qarab, vazifalarni energiya iste’moli turlicha bo‘lgan yadrolarga oqilona taqsimlaydi.

Amalda Exynos 5 Octa har biri to‘rtta yadroga ega ikkita protsessordan tashkil topgan. Birinchi protsessor Cortex-A15 («big») arxitekturasi asosida, ikkinchisi – Cortex-A7 («LITTLE») arxitekturasi asosida qurilgan. Birinchi chipning yadrosi murakkabroq vazifalar uchun, ikkinchisiniki esa, soddaroq vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi.

 

Shu jihatdan, big.LITTLE texnologiyasi Nvidia ning Optimus texnologiyasi ishlashini eslatib yuboradi – murakkabroq vazifalar yuzaga kelgan, noutbukda diskret videoadapter ishga tushadi, bunday vazifalar bo‘lmagan paytlarda esa, quvvati va energiya iste’moli kamroq videokarta “xizmatda” bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Exynos 5 Octa dagi birinchi protsessorning takt chastotasi 1,8 GGs,  ikkinchisiniki – 1,2 GGs. Ikkalasi ham yangi 28 nanometrli texnologiya asosida yaratilgan, bu esa hozirgi avlod protsessorlariga nisbatan energiya iste’molini 70 foizga qisqartirish imkonini bergan.

Samsung Exynos 5 Octa o‘rnatilgan yangi qurilmalar bozorga qachon chiqarilishi haqida  kompaniya vakillari xabar bermadilar.

Yupqa ishlangan iPhone 6’ning deyarli barcha xususiyatlari haqida YouTube’dagi SCAVids va ConseptsiPhone kanallaridagi videolarga asoslanib Business Insider sayti taxminiy ma’lumotlarni tarqatdi.

Yangi smartfon 5 dyuymli (12,7 sm / iPhone 5’da 4 dyuym bo‘lgan.) 4K Ultra Retina displeyiga ega bo‘ladi.  iPhone 6 displeyining boshqalaridan farqi esa o‘ta yupqa bo‘lishida. Uning qalinligi bor-yo‘g‘i 5,23 millimetrni tashkil etadi.

iPhone 6

Shuningdek, u ikkita displeyga ega bo‘ladi. Ikkinchi displey smartfon ichki qismida joylashgan bo‘lib, uni tortib chiqarish kerak. Bu esa iOS 8 interfeysining yana bir pog‘ona ko‘tarilishini bildiradi.

Unda 3 gigabayt operativ xotiraga ega Apple 8 chipi o‘rnatiladi. Uni simsiz zaryadlash imkoni ham mavjud. Ya’ni batareya quvvati tugay boshlagach, smartfon avtomatik ravishda o‘z batareyasini o‘zi zaryadlay boshlaydi.

iPhone 6

iPhone 6’da shaffof oboylardan foydalanish mumkin. Bunaqa oboy smartfon korpusi orqali narigi tarafni ham ko‘rish imkonini beradi.

iPhone 6

Yana iPhone 6’da bir smartfon boshqa smartfon ekraniga bog‘lana oladi.

Quyidagi videolar orqali yuqorida ta’kidlangan barcha hayratlanarli ma’lumotlarga o‘z ko‘zingiz bilan guvoh bo‘lishingiz mumkin :)

Yuqoridagi videolar iPhone muxlislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bundan oldin ham shunga o‘xshash xabarlar tarqatilgan edi. Lekin, kuzda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan iPhone 6 haqida hali aniq ma’lumotlar tasdiqlangani yo‘q.

Brand ma’nolari


Apple – Bu Stiv Jobsning sevimli mevasi edi. Shunda Stiv Jobs xodimlariga firma nomini o’ylab topish uchun vaqt beradi, agar topa olishmasa yoqtirgan mevasini firma nomi sifatida qo’yishini aytadi va…

Adobe – Bu firma asoschisi Djona Vornoka hisoblanadi. U firma nomi sifatida uyining oldidan oqib o’tadigan ko’l nomini tanladi.

Cisco – Ko’pchilik o’ylaganidek, bu firma qisqartma ismlardan tashkil topgan emas, balki San Frantsisko shahrining oxirgi bo’g’inlaridir.

Corel – Bu ism firma asoschisi Maykla Kopland familiyasining bosh bo’g’inlaridan olingan.

GoogleMatematikada bu nom bir va yuzta nol degan manoni beradi(1000000…). Google haqida quyidagi maqolada o’qing: Google va google ishchilari haqida

Hotmail – Djek Smit nomli inson firma yaratadi va o’zining pochtalar bilan ishlash uchun mo’ljallangan firma nomini uzoq vaqt qidiradi, u oxiri “mail”so’zi boshiga har xil nomlar qo’yada va oxiri “hotmail” nomida to’xtaydi. Chunki bu nomda veb sahifalar yaratish uchun mo’ljallangan “HTML”gipermatn tilining barcha harflari ishtrok etadi.

Hewlett Packard – Bill Xyulett va Deyv Pakkard bu firmaning asoschilari hisoblanishadi va ular firma nomi Hewlett-Packard yoki Packard-Hewlett bo’lishi borasida kelisha olishmay tanga tashash orqali aniqlash lozimligini anglashadi va natijaga guvohsiz.

Intel – Bob Noys va Gordon Mur o’z firmalariga ‘Mur Noyce’ nomini berishmoqchi bo’lishadi, lekin bu nom bir tarmoqli mehmonxonaning nomi edi, shu sababli ular firma nomi sifatida internal (ichki) electronic (elektronika) so’zlarining yig’indisini olishdi.

Microsoft – Bill Geyts kompyuterlar uchun yaratiladigan dasturiy to’plamiga oid firmasini Micro-Soft (mikro dasturlar) nomini berishga qaror qilgan va keyinchalik defis(-) olib tashlangan. Bill Gates sarguzashtlari bu firmani mashhurlikka olib chiqdi.

Motorola – Dastlab bu firma mashinalar uchun radio chiqarar edi va firma asoschisi Pol Galvin o’z firmasini o’sha paytlardagi mashhur radio nomini asos qilib, Motorola deb qo’ygan, o’sha paytlarda bu radio nomi Victorola edi.

Yahoo!Bu so’zni dastlab Djonatan Svift o’zining «Gulliverning sayohati» kitobida ishlatgan. So’ng bu so’z firma asoschisi Djerri Yang va Devid Filo ga manzur kelgan. Ular shu orqali o’zlarini shunday hursand ekanliklarini bildirishgan. Hozirda bu nom Yet Another Hierarchical Officious Oracle deb yuritiladi.

Fuji – Yaponiyadagi eng baland tog’ nomi Fudzi sharafiga qo’yilgan.

Honda – firma asoschisi Soichiro Honda nomiga qo’yilgan.

Kawasaki – firma asoschisi Shozo Kawasaki nomiga qo’yilgan.

IBM International Business Machines (Biznes uchun xalqaro mashina) qisqartmasidan olingan.

Kodak – firma assoschisi Djordja IstmenaK” harfini juda yaxshi ko’rar edi va u o’z firmasi nomini bosh va oxirgi harfini K sifatida ko’rmoqchi bo’ldi va juda uzoq qidirdi. Shundan so’ng u “Kodak” nomida to’xtaldi. Undan tashqari bu K xarfi barcha tillarda bir hil ko’rinishda yozilar edi.

LG — 2 ta koreys brandlaring qo’shilishi, Lucky i Goldstar.

NEC — 1983 yilda Nippon Electric Company so’zlarining qisqartmasidan olingan.

Reebok afrika yerlaridagi juda tez yuguruvchi antilop nomiga qo’yilgan.

3Com – bu firma nomida matematik amal amalga oshirilgan, ya’ni “Computer Communication Compatibility Corporation” nomini olishgan va so’zlarning bosh 3 ta harfini olib qolib, qolganlarini otib yuborishgan. Shundan so’ng bir xil so’z birikmalari hosil bo’lgan va ularning soni 3 ta edi.

Sanyo – Xitoy tilidan tarjima qilganda “3 ta oken” degan ma’noni beradi.

Sumsung – koreys tilidan tarjima qilganda “3 ta yulduz” ma’nosini beradi.

Philips – firma asoschisi Fridrix Filips nomiga qo’yilgan. 1891 yil Eydxovenda tashkil etilgan va o’sha paytlarda lampochka ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Hozirda lampochkalarga qo’shib yana bir necha hil turdagi mahsulotlar ishlab chiqilmoqda.

Mobile telefon haqida daxshat faktlar

Hozirgi kunda mobil telefon hayotimizga juda katta tezlik bilan kirib keldi. Har bir xonadonda bu telefon turidan keng foydalanilmoqda. Shuning uchun bu maqolada mobil telefonga oid qiziqarli faktlar bilan sizlarni tanishtirib o‘taman.

Nima deb o‘ylaysiz mobil telefonondan birinchi bo‘lib kim qo‘ng‘iroq qilgan? Albatta birinchi ishlab chiqargan korxona hodimi. Kimga qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan?

  • Dastlab Motorola korxonasi hodimi Martin Kuper 1973 yil Nyu-York ko‘chalaridan birida turib o‘z “konkurenti” (AT&T korxonasi hodimi JOEL Angel) ga mobil telefondan qo‘ng‘iroq qilgan va asabiga tegmoqchi bo‘lgan.
  • Dastlabki mobil telefon(Martin Kuper qo‘ng‘iroq qilgan telefon) Motorola DynaTAC markali telefon bo‘lgan va u o‘sha paytda 3995 dollar narxda sotilgan(hozirda taxminan 9000 dollar).
  • Dastlabki smartfon 1993 yilda yaratilgan. Bu qurilma 899 dollarga baholangan va u 500gr og‘irlikka ega bo‘lgan. Uning nomi Simon.
  • Hozirgi kunda dunyoda 3.5 mlrd dan ko‘p mobil telefoni mavjud ekan. Har yili taxminan 150 mln mobil telefon yaroqsiz deb tashlab yuborilar ekan.
  • Abonentlar orasidagi eng uzoq masofa 1969 yil 21 iyulda qayd etilganyu O‘shanda Richard NiksonApollo 11” ekipajiga qo‘ng‘iroq qilgan, o‘shanda Apollo oyga yetib olgan edi.
  • Dastlab Estoniya davlatida mobil telefon orqali saylovda ishtrok etishga ruxsat berilgan.
  • Bilasizmi hatto antarktida ham o‘z telefon kodiga ega ekan. Demak yozib oling +682..
  • Koreya davlati smsdan foydalanish bo‘yicha oldinda yurar ekan. Har kuni taxminan har bir koreya fuqarosi 78 ta sms xabar jo‘natar ekan.
  • Britaniya olimlarini aytishicha 78% mobil tellefon foydalanuvchilari, o‘z telefon yorug‘ligidan, fonar sifatida foydalanishar ekan.
  • Dastlabki kamerali mobil telefon fransiyalik ishbilarmon Filip Kan tomonidan yaratilgan.
  • 1997 yil 11 iyunda dastlabki mobil telefondan rasmga olingan.
  • 2002 yilda olimlar mobil telefonda gaplashib avtomobil haydayotgan insonning harakati, spirtli ichimlik ichib haydayotgan haydovchi xarakatiga nisbatan 3 baravar sekinligini takidlashdi.
  • Nemis muxandisi Fridxelm Xillebrandt sms simvollar sonini 160 tagacha qisqartirib berdi. U bu qarorini 160 ta simvol bilan istalgan fikrni tushuntirish mumkinligini tasdiqladi.
  • 2012 yil 1.7 mlrd mobil telefon apparatdari sotildi va ularning 850 mln qismi, mashxur brendlar Sumsung, Apple va Nokia larga tegishli.
  • 2011 yil mobil operatordan foydalanilgani uchun eng katta hisob Selina Aaronsga yuborildi. Bu inson 2 hafta davomida Kanadada dam oladi va unga rouming uchun 201 ming dollar hisob yuboriladi. Keyinchalik bu hisob 2500 dollarga tushiriladi.
  • Statistika ma’lumotlariga qaraganda mobil telefondan ko‘pincha soat bilish uchun foydalanishar ekan.
  • Mobil telefon asosan insonning cho‘ntagida yurgani uchun, inson biror harakat qilganda avtomat nomer terilib ketish hodisasi tez-tez uchrab turadi. Bunday holat ko‘pincha dastlabki mobil telefonlarda ko‘p uchrar edi, chunki u telefonlarning blokirovkasida muammolar bor edi. Velikobritaniyada 999 nomerli favqulodda yordam ko‘satuvchi xizmatga 2000 yillarda kuniga hattoki 11000 ta telefon qo‘ng‘iroqlari aynan shu sababli terilib yuborilgan. Chunki bu xizmatlarga mobil telefon hattoki blokirovkada bo‘lsa ham nomer terilar edi. Keyinchalik blokirovka holatda istalgan nomerga terish mumkin emas qilib qo‘yildi.
  • Dunyodagi eng qimmat mobil telefon Iphone 4 “Diamond Rose”  deb nomlanadi. Uning narxi 5 million funtga teng ekan. Uning yaratuvchisi britaniyalik zargar Styuart Xyuzdir. Bu telefonda 500 ta umumiy og‘irligi 100 karat atrofida brillant joylashtirilgan. Yarmi tishlangan olma 53 ta brilliantdan tayyorlangan va Home tugmasi 7.4 karatli brillantdan tashkil topgan.

Google va google ishlovchilari haqida faktlar

Google – qidiruv sistemasiga oid sayt hisoblanadi. Qidiruv sistemasi bu – foydalanuvchilar o’ziga kerakli bo’lgan matn(so’z)ni kiritishadi va shu asosida qidiruv sistemalari foydalanuvchi matni uchragan saytlar ro’yhatini chiqarib beradi. Bu juda qulay tizim hisoblanib, barcha yoshdagi foydalanuvchilarga tegishli va barcha tilllarda kerakli ma’lumotlarni topishga imkon beradi, albatta bu ma’lumotlar internet tarmog’iga kiritilgan bo’lishi lozim. Qidiruv sistemalari internet tarmog’iga kiritilgan va qidiruv tizimlari ro’yhatidan o’tgan saytlar ichidan kerakli axborotlarni qidiradi. Bu tizimlarga YANDEX, YAHOO, GOOGLE vahakazolarni misol qilish mumkin.

Qidiruv tizimi nima ekanligini bilib oldingiz, endi GOOGLE qidiruv tizimiga oid faktlar bilan tanishib, o’zingizga qo’shimcha ma’lumot olishingiz mumkin:

  1. Google kompaniyasini asoschilari Larry Page va Sergey Brin hisoblanadi.
  2. Larry Page va Sergey Brin  PageRank tehnologiyasiga patent olgach, o’z kompaniyalarini AltaVista kompaniyasiga 1 mln dollarga sotib yubormoqchi bo’lishdi, lekin AltaVista bu taklifni qabul qilmaydi va o’ziga kuchli raqobatchi yaratib oldi.
  3. PageRank tehnologiyasi kodlarida 500 mln ga yaqin o’zgaruvchilar va 2 mlrd ga yaqin mantiqiy elementlar mavjud ekan.
  4. Dastlabki Google kompaniyasining serverlari linux operatsion tizimida ishlagan.
  5. The Grateful Dead gruppasi oshpazi hozirgi kunda Google kompaniyasining bosh oshpazi ekan. To’ride kim ko’proq to’lasa, o’shatta ishlash kerakda.
  6. Boshqa korxonalardan farqli ravishda Google kompaniyasi iqtisodiy krizis paytida ham o’z shtatini kengaytirishga erishgan ekan(2000 yil).
  7. Google kompaniyasida 3000 ga yaqin ishchi ishlar ekan.
  8. Kompaniyaning 450000 ga yaqin serverlari mavjud bo’lib, ular butun dunyo bo’ylab tarqalgan ekan.
  9. Google saytining oddiyligi(asosan oq fon), dastlab bu korxonada yaxshi dizaynerlar yo’qligi bilan tushuntirilar ekan. Sayt yaratuvchilari bilmi sust bo’lib, hattoki “Submit” tugmasini ham qilisha olmagan ekan. Klaviaturadagi Enter tugmasi submit tugmasini o’rnini bosgan ekan.
  10. Google kompaniyasida ish shunday yo’lga qo’yilganki, ishchilar ish vaqtining 20% ni, o’zlarining shaxsiy dasturlari (proyektlari) ustida ishlashga sarflashar ekan. Shu sababli hozirgi kunda google ning kichik xizmatlari ko’payib ketmoqda(Orkut, Google news,.). Lekin bu xizmatlar foydalanuvchilarga  e’lon qilinmas ekan.
  11. Kompaniyani to’g’ri nomlanishi GOOGOL edi, lekin kompaniyani tasdiqlatish davomida xatolikga yo’l qo’yilib, google nomi yozib yuborilgan. Bu xatolik to’g’irlanmasdan qolgan. O’ylangan kompaniya nomi Googol – katta o’lchamdagi raqamlar deganidir(10 darajasi 100).
  12. 2004 yilda kompaniya dastlabki aksiyalarini birjaga qo’yadi va o’z aksiyalarini donasini 85$ qilib belgilaydi. Bir yil ichida bu aksiya 317,8$ ga ko’tariladi. Hech qachon aksiya narxi dastlabki(85$) narxidan pastga tushmagan.
  13. Google kompaniyasi o’z emblemasini har bayramda, shu bayramga mos holda o’zgartirib turadi va shu tariqa eski bayramlarni yuzaga chiqarishga harakat qiladi.
  14. Google sayti 100 ga yaqin tillarni tushuna olar ekan, undan tashqari xar hil multfilmdagi qahramonlarni tilini ham(misol uchun Bugs Bunny).
  15. Dastlab bu sayt juda sodda tuzilgan bo’lib, sayt tekshiruvchilar, kerakli so’rovni kiritishib, natijasini kutib o’tiraverishgan ekan(agar natija 0 bo’lsa). Xattoki so’rov qachon tugaganini ham bilishmagan ekan. So’ng sayt kodini o’zgartirib, so’rov tugaganini bildiruvchi xabar chiqaradigan qilishgan ekan.
  16. Google kompaniyasi 20%/5% degan qoidaga amal qilishar ekan. Agar 20% foydalanuvchi yangi yaratilgan funksiyadan foydalansa, bu funksiya saytning asosiy interfeysida qolar ekan. Agar 5% foydalanuvchilar bu funksiyadan foydalansa, bu funksiya saytning “расширенные настройки” degan qismiga joylashtirilar ekan.
  17. Google kompaniyasi ishchilarida qat’i o’rnatilgan ish soati mavjud emas ekan. Kim qachon ishlash foydali deb topsa o’sha vaqtda ishlar ekan. Asosiysi ish plani bajarilsa bo’ldi.
  18. Google kompaniyasi yangi kadr olishda quyidagicha yo’l tutar ekan. HR xizmat orqali jo’natilgan 10 ta shaxsiy varaqadan 1 tasiga telefon qilar ekan. 10 ta telefon qilganlardan 1 tasini suhbatga chaqirar ekan, 10 ta suhbatga kegan odamdan 1 tasini ishga olar ekan. Demak google ga kirish konkursi 1:1000 ekan.
  19. Google kompaniyasiga ishga kirish qiyin ekanini ko’rdik, shu bilan birga ishdan haydalish ham qiyin ekan. Ishlashni hohlamagan ishchi bilan suhbat uyishtirilar ekan va boshqa ish taklif qilinar ekan, yana ishlamasa, yoniga bitta ishchi berib ishni o’rgatib nazorat qilar ekan, shunda ham ishlamasa yana bir bor jiddiy suhbat uyishtirilar ekan, va nihoyat yarim yil deganda ishdan bo’shatilar ekan. Bu albatta kamdan kam bo’ladigan holat, chunki kompaniya, ishga kirishda hodimlarni chertib-chertib ishga qabul qiladiku.
  20. Google-shaharchada ya’ni google kompaniyasi hududida 20 ta restoran hodimlar uchun xizmat qilar ekan, eng qizig’i barcha restoranlar tekin ekan. Bu restoranlarda italyan, arab, meksikan taomlari va fastfood yeguliklari mavjud ekan.
  21. Har juma kunlari google ishchilari, bizni til bilan aytganda choyhona qilishar ekan. Albatta osh yeyishmaydi, yig’ilishib pivo, vino ichib yangi rejalar tuzib, gaplashib o’tirishar ekan.
  22. Google kompaniyasi joylashgan ko’cha “Google street” deb nomlanar ekan.
  23. Kompaniyada ishchilar uchun alohida avtobuslar yo’lga qo’yilgan, undan tashqari hodim o’zi qayerda ishlashini tanlar ekan(uyda yoki ishxonada), yana bir qiziq tomoni hodimlar uchun ma’lum bir vaqtlarda har xil yulduzlar ishtrokida konsertlar uyishtirib turilar ekan(Профсоюз yaxshi ishlar ekan).

Saytlar haqida faktlarni kiritishni davom ettiraman. Navbatdagi saytimiz juda keng tarqalgan «internet ensiklopediya» deb yuriiladigan Wikipedia saytidir.

Wikipedia sayti foydalanuvchilar tomonidan yuboriladigan maqolalarni to‘plab, birlashtirib, ommaga taqdim etadigan saytdir. Agar siz qidiruv saytlari orqali biror nima qidirsangiz, albatta Wikipedia saytiga duch kelasiz va eng to‘liq ma’lumotni shu yerdan qidirib topasiz.

Demak, bu saytga oid faktlar bilan birma bir tanishib chiqamiz:

  • Wikipedia sayti 2001 yil Jimmy Wales tomonidan yaratilgan;
  • wiki so‘zi tez degan so‘zdan olingan. Hattoki Gavayada viki – viki nomli avtobus ham bor ekan;
  • 7% internet foydalanuvchilar, har safar internetga kirganlarida albatta Wikipedia saytidagi maqolalarni o‘qishar ekan;
  • 2001 yildan beri 8.2 mln maqolalar bu saytda chop etilgan bo‘lib, umumiy so‘zlar soni taxminan 1.4 mlrd ni tashkil qilar ekan;
  • wikipedia ning ingliz tilidagi versiyasida 2mlnga yaqin yozuvlar mavjud ekan, bu degani eng mashhur britaniya ensiklopediyasidan 15 barobar ko‘p deganidir;
  • xitoy davlatida bu saytdan foydalanishga, davlat ichida ruxsat yo‘q ekan;
  • wikipedia sayti boshqa saytlarga o‘xshab reklamadan pul topmas ekan(qanday foydali sayt). Sayt, ko‘ngillilar tomonidan yiliga bir martta tashlanadigan pul orqali moliyalashtirilar ekan;
  • sayt hodimlari 23 kishini tashkil qilar ekan;
  • taxminan 265 ta tilda maqolalar saytga kiritilar ekan;
  • sayt dastlabka(2001 yil) yillarda faqatgina bitta serverda PERL tili va CGI skriptlari orqali ishlagan;
  • hozirda saytdagi serverlar soni 300 ga yaqin bo’lib, ular tunu kun to’xtamasdan ishlaydi(210 server application, 20 database server,  70 cache server);
  • sekundiga 50 000 mingdan ko‘proq http so‘rovi amalga oshirilar ekan;
  • sekundiga 80 000 mingdan ko‘proq sql so‘rovi amalga oshirilar ekan;
  • 7 000 000 dan ko‘proq foydalanuvchilarga ega;
  • 250 000 000 dan ko‘proq sыlkalar mavjud ekan;
  • dasturiy ta’minoti MediaWiki deb nomlanadi;
  • wikipedia Open source hisoblanadi(PHP, MySql);
  • saytning fondi “Wikimedia fondi” deb ataladi va bu fond Wikipedia dan tashqari yana 8 ta proyektga xizmat qiladi: Викисловарь(lug‘at), Викитека(kutubxona), Викисклад(mediafayllar), Викиучебник(kitoblar majmuasi), Викиверситет(interaktiv resurslar), Викиновости(axborot resurslar), Викицитатник(yitatalar majmui), Викивиды(biologik tiplar).

  • Facebook ning 600 millionga yaqin aktiv foydalanuvchilari mavjud, ulardan 40 millioni har kuni o’z statuslarini o’zgartirib turishadi.
  • Har oyda facebook ga o’rtacha 2,5 million ta rasmlar joylashtiriladi.
  • Facebook foydalanuvchisi (1 ta foydalanuvchi)ni o’rtacha do’stlari soni 130 tani tashkil etadi, va ular har oyda o’rtacha 8 ta odamga do’st bo’lishni taklif etishadi.
  • Facebook trafik (foydalanuvchilar sarflaydigan megabaytlar) bo’yicha Google dan keyin ikkinchi o’rinda turar ekan(2012 yil boshida), lekin istalgan vaqtda birinchi o’ringa chiqib olishi mumkin.
  • Agar facebook foydalanuvchilari umumiy soni biror davlatni tashkil etganda, Xitoy va Hindistondan keyin aholi ko’pligi bo’yicha 3 o’rinda turar edi.
  • Dastlab facebook kollej o’quvchilari uchun yaratilgan ijtimoiy sayt edi, lekin hozirgi kunda 70% foydalanuvchilarning yoshi 26 dan kattadir.
  • O’rta hisobda 1 ta foydalanuvchi facebook da kuniga 55 minut o’tirar ekan, 1 oyda 25 ta kommentariya qoldirar va 9 marotaba like tugmasini bosar ekan.
  • Foydalanuvchilarning 70%, Amerika Qo’shma Shtatlaridan tashqarida istiqomat qilishadi.
  • Suriya, Xitoy, Vetnam va Eron davlatlari facebook dan foydalanishni taqiqlab qo’yishgan.
  • 2009 yil sentyabr oyida, facebook yaratuvchisi Mark Sukerberg, sayt keltirgan mablag’, xarajatlarni to’la qoplab, foyda tomonga o’tganligini e’lon qildi.

  • Florida shtatida, shu shtatning sudya va advokatlari facebook orqali bir biri bilan do’st bo’lishini taqiqlab qo’ydi.
  • Facebook da foydalanuvchi nomi, uning rasmi, istiqomat qiladigan shahari va xakazolari rasmiy ochiq hisoblanadi.
  • Digital SkyTechnologies kompaniyasi facebook ni $200 mln bilan moliyalashtirgan, bu yordami evaziga saytning 1,96% dolyasiga ega bo’lgan. Bu ijtimoiy tarmoq rivoji uchun Goldman Sachs va DST banklari ham birgalikda $500 mln pul ajratishgan.
  • Hech qaysi Facebook hodimlari, shu nomli filmda suratga tushishga rozi bo’lishmagan.
  • 20 minut ichida facebook da 1million «ссылка»lar dunyo yuzini ko’rar ekan(2012 yil uchun).
  • Har soatda 4,5 million odam facebook orqali qandaydir marosimlarga(мероприятие) larga taklifnomalar olishar ekan.
  • Facebook saytiga dastlabki yordam puli ajratgan(sponsorlik) shaxs bu- Paypal yaratuvchisi Piter Til dir, u bu proyekt uchun 2004 yil 500 000$ ajratgan.
  • Facebook uchun yaratiladigan ilova(приложения)larni 800 000 yaratuvchi(разработчик) yaratadi.
  • Facebook 70 ga yaqin tillarga tarjima qilingan, 300 minga yaqin foydalanuvchilar boshqa tillarga tarjima qilishga yordamlashib yuborishgan.
  • 65 millinga yaqin facebook foydalanuvchilari, saytga mobil telefon orqali ulanishadi, bu degani aktiv foydalanuvchilaning 50%.
  • Facebook ning quyidagi shaharlarda ofisi mavjud: Dublin, London, Parij, Sidney, Toronto, Nyu-York, Chikago, Atlanta, Dallas va Detroit.
  • Sukerberg ning yillik oylik maoshi(2011 yil uchun) 500 ming dollarni tashkil etadi.
  • Facebook dunyoda foto xosting bo’yicha birinchi o’rinda turadi, Har kuni bu xosting serveriga 3 terrabaytga yaqin rasm joylashtirilar ekan. Serverdagi umumiy rasmlar soni 40 milliardni tashkil qilar ekan.
  • Facebook dan foydalanuvchilar umuman qutila olishmaydi, agar siz o’z nomingizni u yerdan o’chirib tashlasangiz ham, siz haqingizdagi ma’lumotlar serverda saqlanib qolaveradi. Sizning ismingiz, yoshingiz hattoki rasmingiz ham serverda 4 nusхada saqlanadi. Siz xat orqali administratorga o’z profilingizni o’chirib tashlash xaqida xabar jo’natishingiz mumkin, lekin foydasi bormikin…
  • 57% odamlar avval facebook orqali tanishib, keyin hayotda uchrashishar ekan.
  • 2011 yil yangi yilda foydalanuvchilar 750 million rasmlarni facebook ga joylashtirishgan.

  • Twitter ning emblemasi “ko’k qushcha” dizayner Biz Stoun ga tegishlidir.
  • Twitter mikroblogi orqali odnaklassniki ijtimoiy tarmog’iga to’g’ridan-to’g’ri o’tishning iloji yo’q ekan. Agar o’tish amalga oshirilsa, ekranda xavfli saytga o’tmoqdasiz kabi shubhali habar paydo bo’lar ekan. Ko’raolmaslik…..
  • Har yilning 140-kuni TwitterDay(Twitter kuni) hisoblanadi va bu kun twitter foydalanuvchilari o’rtasida bayram tariqasida nishonlanadi. Twit yozishda, maksimal simvollar soni 140 tani tashkil etadi, shu sababli 140-kun bayram.
  • Butun Twitter tarihi mobaynidagi eng mashhur foydalanuvchi Charli Shina hisoblanadi. U bir kunda millionga yaqin obunachi(подписчик) yig’ishga muyassar bo’lgan.
  • AQSh kongressiga, twitter sayti foydalanuvchilarining xabarlari arxiviga ruhsat mavjud.
  • Twitter dagi eng qizg’in vaqt 13.00 dan 15.00 gacha ekan.( new-york vaqti bo’yicha).
  • Twitter ijtimoiy tarmog’idagi barcha yozuvlar qidiruv(google, yandex) tizimlari orqali indekslanar ekan. Bu degani agar siz qidiruv tizimiga Twitter da yozgan biror yozuvingizni yozsangiz, o’zingizni topishingiz mumkin bo’ladi.
  • BlackBerry operastion tizimi foydalanuvchilari bu ijtimoiy tizimdan eng ko’p foydalanadigan foydalanuvchilardan ekan.
  • 2008 yil AQSh davlati maxsus xizmati Twitter ni terroristlar bilan aloqa vositasi degan hayolda, bu tizimni ko’rib chiqishadi, ularning bu xarakati o’z natijasini bermaydi.
  • 2009 yilda 140 davlatda barcha Twitter foydalanuvchilari yig’ilishi bo’lib o’tgan.
  • Eng mashhur mikroblog Lady Gaga ga tegishlidir, 8,8 mln dan ko’p obunachilari mavjud bo’lib, Brinti Spirsdan o’tib ketdi.
  • Rossiyalik eng mashhur Twitter foydalanuvchilari: Dmitriy Medvedev, xokkeychi Aleksandr Ovechkin, Tina Kandelaki.

  • Twitter ning bosh direktori Dik Kostola hisoblanadi, u professional komedik artist edi.
  • 2010 yil 23 iyunda sobiq Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev Twitter foydalanuvchisi bo’lgan.
  • 2010 yil 21 sentyabrda Twitter mikroblog xizmati foydalanuvchilari virusdan zarar ko’rishdi, bu foydalanuvchilarning soni yarim milliondan ortiq edi.
  • Eng qizig’i faqatgina 40% Twitter foydalanuvchilari ro’yhatdan o’tgandan so’ng, bu ijtimoiy tarmoqdan doimiy foydalanishar ekan.
  • 2010 yil avgust oyida Twitter dagi yozuvlar soni 20 milliardga etdi. Yubiley yozuvni @GGGGGGo_Lets_Go nomli yaponiyalik foydalanuvchi kiritdi.
  • Yaponiyada ish vaqtida Twitter dan foydalanish ta’qiqlanar ekan, jazo chorasi sifatida ogohlantirishdan tortib to ishdan bo’shatishgacha borishar ekan.
  • Twitter dagi 3 ta yozuvdan bittasi qandaydir saytga “ссылка” ekan, bu degani bu tarmoq asosan reklama uchun ekan.
  • Har kuni Twitter dan 300 minga yaqin yangi foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tar ekan.
  • Twitter dastlab oddiygina bir sms hizmat ko’rinishida bo’lishi rejalashtirilgan edi.
  • 60% dan ko’p foydalanuvchilar AQSh davlatidan tashqarida istiqomat qilishadi, vaholanki Twitter AQSh da yaratilgan.

odnoklassniki

Ijtimoiy tarmoqlar haqida gaplashishni davom ettiramiz. Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunimizning eng asosiy vaqt o‘tkazuvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa yoshlar ijtimoiy tarmoqlar kasaliga uchrashgan. Bizning diyorimizda eng asosiy ijtimoiy tarmoq sifatida “odnoklasniki” birinchi o‘rinda turadi.

Ketma-ketlikni oladigan bo‘lsak, dastlab mail agent chiqdi, so‘ngra sekin astalik bilan facebook, twitter, odnoklasniki ijtimoiy tarmoqlari keng ommalashdi(bizda). Bu maqolamda odnoklasniki ijtimoiy tarmog‘i haqida yozmoqchiman. Demak bugungi kasallik odnoklasniki.

  • Odnoklasniki ijtimoiy tarmog‘i sinfdoshlarni, litsey(kollej) kursdoshlarni, institut(universitet) kursdoshlarni, qarindoshlarni, hamkasblarni xullas yaqin do‘stlarni topib, ular bilan gaplashishga imkon beruvchi ko‘ptillik tarmoqdir
  • Bu ijtimoiy tarmoq 2006 yil 4 martta ishga tushgan.
  • Uning tuzuvchisi rossiyalik webdasturchi Albert Popkov hisoblanadi. U londonda istiqomat qiladi.
  • Sayt foydalanuvchilarning asosiy yoshi 14-55 yoshni tashkil qiladi.
  • Dastlab bu saytdan ro‘yxatdan o‘tish pullik bo‘lgan, so‘ng 2010 yil bu xizmat bepul deb e’lon  qilingan.
  • 2010 yil i-Jet korxonasi bu ijtimoiy tarmoqda dastlabki o‘yinlarni beta versiyasini sinovdan o‘tkazgan.
  • 2011 yildan boshlab foydalanuvchilarni gruppalarga bo‘lish boshlangan.
  • 2011 yilda musiqa blogi ishga tushdi va shu yili saytning yuqori qimidagi boshqa proyektlarga o‘tish(Mail.ru Group korxonasi xizmatlari) blogi ishlab chiqildi.
  • Hozirgi kunda kunlik foydalanuvchilar soni 40 millionga yetdi.
  • 2013 yilda saytda nosozliklar paydo bo‘ldi. 4 aprel kuni sayt umuman ishlamadi, 5 aprel kuni sayt ishladi, lekin ko‘p xizmatlar ishlamadi va nihoyat 7 aprel kuni sayt to‘liq ishga tushdi.
  • 2013 yil iyun oyida sayt tojik tiliga o‘girildi va bu til SNG davlatlari tillariga o‘girilishning oxirgisi bo‘ldi.
  • 2013 yil iyulda nihoyat sayt ingliz tiliga o‘girildi. Sayt jahondagi top ijtimoiy tarmoqlar 10 taligiga kirdi.
  • Hozirda umumiy foydalanuvchilar soni 200 millindan oshdi.
  • 2007 yil bu proyektni rivojlantirish uchun mablag‘ kerak bo‘ladi va albert 30% aksiyasini Digital Sky Technology korxonasiga sotadi(hozirgi Mail.Ru Group).
  • Keyinchalik DST korxonasi 2010 yil to‘liq aksiyani Albertdan sotib oladi.
  • Bu ijtimoiy tamoq reklama, o‘yin va virtual sovg‘alardan moliyalashadi.
  • Odnoklasniki.ru domenini Albert 2002 yil shunchaki sotib oladi va faqatgina 2006 yilda bu domenni ishlatishni boshlaydi.
  • 2009 yil bu ijtimoiy tarmoq zararga ishlagan.


iOS tizimini buza olgan 17 yoshli xakerni Apple ishga oldi

Internetda winocm niki bilan tanilgan 17 yoshli maktab o‘quvchisi Apple’ga ishga kirganligini ma’lum qildi. Bu haqda Cult of Mac blogi xabar bermoqda.

Apple’da qanday vazifaga ishga olishganini winocm aniq bayon etmagan, ammo uning faoliyat sohasiga qaralganda, kompaniya undan xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida foydalanishi mumkin. Chunki winocm internetda 2011-yildan buyon operatsion tizimlarni buzish bilan shug‘ullanuvchi hamda iOS’ning 6.1.3–6.1.5 versiyalari proshivkasi uchun jeylbrek chiqargan xaker sifatida mashhur.

2013-yili winocm iOS va OS X operatsion tizimlarining yadro kodlarini butunlay boshqatdan ko‘chirib chiqqan va ularni Apple mahsulotlaridan boshqa qurilmalarida ham ishlaydigan holatga keltirgan. O‘zining ta’kidlashicha, winocm dasturchilar jamoasi iPhone uchun operatsion tizim yaratishda bajargan ishlarning barchasini bitta o‘zi qaytadan qilib chiqqan. Natijada esa iOS operatsion tizimini Nokia N900 smartfoniga o‘rnatib ishga tushira olgan.

Hozirda 17 yoshda bo‘lgan winocm dasturlash ishiga to‘qqiz yasharligidan qiziqqan. Boshqa xakerlar kabi, u ham o‘zi haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaydi, jumladan, asl ismi-sharifini bildirmaydi.

Apple bu yigitchani ishga olar ekan, xakerlar xizmatidan foydalanish an’anasini davom ettirmoqda, deya ta’kidlaydi Tjournal. 2011-yili kompaniya JailbreakMe yaratuvchisi Nikolas Allegrani yordamchi sifatida yollagan edi, o‘shandan beri u jeylbreyk yaratishda ishtirok etmayapti.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Apple’dan bo‘shagan dizayner kompaniyadagi qiyinchiliklarni bayon etgan edi.

Quyidagi kitoblarning barchasini TAS IX dan yuklab olish mumkin.

Bu ro’yxatga yana boshqa kitoblarni ham qo’shishga harakat qilamiz.

Agar sizga quyida keltirilgan kitoblardan boshqa o’zbek tilidagi yaxshi kitoblar bo’lsa, uni ham qo’shib qo’yishimiz mumkin.

Kitoblarni dasturchi(o’sha)mail(nuqta)ruga yuborishingiz mumkin.

 

1) Dasturchi bo’lishni xohlaysizmi? Muallif: Qudrat Abdurahimov

 

C++ dasturlash tiliga oid kitoblar

1) C++da dasturash asoslari ma’ruzalar matni va masalalar to’plami. Muallif: Qudrat Abdurahimov

2) Dev-C++da grafika bilan ishlash VIDEO KURS. Yuklab olish (ko’chirib olish 105 MB) Muallif: Qudrat Abdurahimov

3) C++ Builderda vizual programmalash va ma’lumotlar bazasi bilan ishlash. Muallif: Qudrat Abdurahimov

Ushbu kitobda C++ Builderda Microsoft Access, MySQL, SQL Server bilan ishlash ca SQL so’rovlari haqida ma’lumotlar berilgan

4) C++ tiliga kirish. Muallif: Sayfiev Jasurbek

5) C++ tili. Муаллиф: Ш. А. Назиров., Р. В. Қобулов. «Объектга йўналтирилган дастурлаш тиллари» фанидан ўқув қўлланма. /ТУИТ. 260 б. Тошкент, 2011.

Қўлланма мақсади – назарий билимларни мустахкамлаш ва объектга йўналтирилган дастурлар яратиш ва жорий этиш амалий кўникмаларини хосил қилишдан иборат.

Қўлланма синфлар, ворислик, амалларни қўшимча юклаш, истиснолардан фойдаланиб объектли дастурлашга бағишланган.  Бундан ташқари стандарт оқимлар библиотекасидан фойдаланиб дастурлашга бағишланган мавзулар хам берилган. Қўлланма касб хунар коллежлари  ва олий ўқув юртлари профессор – ўқитувчилари ва талабалари учун мўлжалланган.

Тошкент Давлат Университети ўқув – услубий кенгаши томонидан тасдиқланган.

 

Delphi dasturlash tiliga oid kitoblar

1) Delphi ma’ruzalar matni. Muallif: Qudrat Abdurahimov.

 

Pascal dasturlash tiliga oid kitoblar

1) Pascalda dasturlash asoslari. Ma’ruzalar matni. Qudrat Abdurahimov

 

Web dasturlashga oid kitoblar

1) PHP davrasida. Muallif: Sandjar Alimov

2) JavaScript bu oson boshlovchilar uchun. Muallif Sandjar Alimov

  • Apple firmasini asoschilari bu – Stiv Djobs, Stiv Voznyak va firmaning 10% qismiga(dolya) ega bo’lgan Ronald Ueyn, lekin Ronald o’z qismini Stiv ga sotib yuborgan.
  • 1976 yil Stiv Djobs va uning maktabdagi do’sti Stiv Voznyak Apple firmasiga asos solishadi va bu firmaning vazifasi, shaxsiy konstrukstiya asosida yaratilgan kompyuterlarni ishlab chiqib sotishdan iborat edi. Ishlab chiqaruvchi sifatida asosan Voznyak shug’ullanar edi. Stiv esa marketolog sifatida ish yuritar edi.
  • Stiv Djobs vegeteryan edi(go’sht mahsulotini yemaydigan inson). Balki firma nomiga ham bu sifat ta’sir qilgandir.
  • Apple firmasiga 1- aprel “hazilkashlar” kunida asos solingan.
  • Stiv Djobs din tomonidan buddist edi.
  • Apple ning birinchi logotipi sifatida “Isaak Nyuton” tanlab olingan.
  • Dunyo bo’yicha apple firmasining hodimlar soni – 35000 ta.
  • Apple firmasi birinchi bo’lib sichqoncha va trekpad(notebook larning sichqonchasi) ni yaratgan.
  • Apple ning dastlabki lozungi(shior) – “Olma ichidagi bayt” edi.
  • Apple.com sayti dunyo bo’yicha saytlar reytingining top 50 taligiga kiradi.
  • Birinchi Apple iPhone ishlab chiqilganda, Stiv Djobs barcha hodimlarga bu apparatni tekinga bergan.
  • Dastlabki kompyuterlar ichidan, birinchi Apple kompyuteri uzoq vaqt ishlatilgan(taxminin sotuvda 11 yil turgan).
  • Statistikaning bergan ma’lumotiga ko’ra 1 yil mobaynida foydalanuvchi 50 soat vaqtini kompyuterni xatoliklarini tuzatish uchun sarflar ekan. MAC operastion tizimida bu ko’rsatkich 5 soatni tashkil qilar ekan.
  • Macintosh da dastlabki ko’rsatilgan surat – Disney qahramoni Skrudj Makdak(o’rdak) edi.
  • Apple firmasining birinchi do’koni(magazini) Virdjina va Kaliforniya shtatlarida ochilgan.
  • Apple Lisa kompyuteriga Stiv Djobs qizining ismini bergan.
  • Macintosh so’zi olmaning bir turi ekanligini ko’pchilik bilmasa kerak. Bu nomni Apple firmasi hodimi Djef Raskin bergan.
  • Birinchi rangli, raqamli fotosurat AQSh davlatida 1994 yil Apple firmasi tomonidan olingan. Bu surat Apple AuickTake 100 apparatida olingan. MAC operastion tizimiga bu apparat ketma-ket port orqali ulanar edi.
  • Mac OS X Lion operastion tizimi standart rasmi(oboe) sifatida astrofotograf Roberta Gendlera olgan Andromeda M31 gallaktikasi qayd etilgan. Apple firmasi dizaynerlari bu rasmni qayta ishlab, o’z uslublariga moslashtirishgan.
  • Apple firmasi dastlab iPad ustida ishlashni boshlashgan, lekin taqdir taqazosi bilan dastlab ommaga iPhone taqdim etilgan. iPad esa 3 yildan so’ng sotuvga chiqgan.
  • Firmaning asoschilaridan biri Stiven Voznyak 1987 yildan beri bu firmada ishlamaydi, lekin o’sha yerda hisobda turadi, hattoki unga oylik ham chiqadi.
  • 1977 yil Apple II kompyuteri chiqganda, Stiv 25 yoshda edi va u o’z tengqurlari orasida eng yosh millioner edi.
  • 90% Apple firmasi ishchilari Stiv Djobs bilan ko’rishishmagan.

bill

  • Oddiygina Bill Geyts(ingl. Bill Gates) sifatida tanilgan Uilyam Genri Geyts III (ingl. William Henry Gates III; 28 oktyabr 1955 yil, Sietl)-amerikalik ishbilarmon bo’lib, Microsoft kompaniyasining yirik aktsioneri va asoschilaridan biri(Pol Allen bilan hamkorlikda).
  • Geytsni birinchi asos solgan kompaniya nomi – Traf-O-Data edi.
  • Unga omad olib kelgan firma nomi dastlab Micro Soft(probel bilan) shaklida yozilar edi.
  • 13 yoshida Bill Geyts do’stlari bilan maktab kompyuterini buzishga erishishgan va mahfiy ma’lumotlarni ko’rishga muyassar bo’lishgan. Bu kichik hackerga jazo choralari ko’rilmagan, balki uni Sietl kompyuter markazi o’z dasturlarini tekshirish uchun ishga yollagan.
  • Billning ota-onasi o’g’lini kompyuterga bo’lgan munosabatini o’zgartirish maqsadida, hattoki o’g’lini kompyuterga yaqinlashishni taqiqlab qo’yishgacha borishdi, bu taqiqlov vaqtinchalik holat edi. Shu vaziyatlarda u tarixiy shaxslar haqidagi kitoblarni o’qir edi.
  • Maktab paytlarida Geyts o’z do’sti Pol Allen bilan kompyuter dasturlarini yaratishni boshlashgan edi. O’sha paytda u Napaleon tarjimai holi asosida “RISK” nomli o’yin yaratadi.
  • Birinchi dasturini Bill maktab paytida yaratgan bo’lib, bu dastur effektiv dars jarayonini rejalashtirishni amalga oshirar edi.
  • Birinchi eng katta gonarar(xizmat haqi)ini Bill 15 yoshida olishga erishadi. Shu yoshda u ko’cha harakatini boshqaruvchi dastur yoratishga erishadi. Xizmat xaqi 20 ming dollarni tashkil etar edi.
  • 1968 yil Leyksayd nomli kollejga birinchi kompyuter o’rnatiladi, Bill o’sha kollejda kun va tunni o’tkazib, o’qish reytingi tushib ketishiga sabab bo’ladi.
  • Geyts, Pol Allen va Leyksayd kollejidagi do’stlari birgalikda ruxsat etilmagan dasturlar tuzishib, kompyuter ishlashini izdan chiqarishar edi.
  • Garvarddagi o’qish uni zeriktirar edi va u asosan dasturlash yoki poker o’ynash bilan vaqtini o’tkazar edi.
  • Geyts universitetda darslarni o’zlashtirolmaganligi sababli 1974 yil kassallik varaqasi ochtiradi va keyinchalik Garvard universitetidan chetlatiladi, shunga qaramasdan Bill, keyinchalik bu universitetni tamomlashga erishadi. To’g’rirog’i universitet administrastiyasi unga diplomni hadya qiladi.
  • Garvart universiteti professorlariga Bill 30 yoshida millioner bo’lishini aytar edi, qarangki u 31 yoshida milliarder bo’lishga erishdi.
  • 1990 yil oxirlarida 90% ga yaqin shaxsiy kompyuterlar Microsoft firmasining dasturlari bilan ishlar edi.
  • 38 yoshida Geyts, oyiga millionga yaqin Windows nusxalari sotishga erishadi.
  • 1994 yil Bill Geyts Melinde French nomli ayolga uylanadi va to’yni o’tkazish uchun Gavaya orollaridan birini arendaga oladi. Hozirda uning 3 farzandi(Djennifer Katarin Geyts (Jennifer Katharine Gates) (26 aprelya 1996 y.), Rori Djon Geyts (Rory John Gates) (23 maya 1999 y.) va Fibi Adel Geyts (Phoebe Adele Gates) (14 sentyabrya 2002 y.)) bor.
  • Bill umumiy hisoblaganda 30 milliardga yaqin pullarini hayriya ishlariga sarflagan.
  • Har sekundda bizning qahramon 250$ mablag’ topadi, bu degani kuniga 21,6 million va yiliga 7,8$ milliard.
  • Agar Windows foydalanuvchilari, operastion tizimning har bir qotib qolishi(xato oynasi) uchun 1 dollardan olishsa, Geyts 3 yil ichida honavayron bo’lar edi.
  • Dunyo o’rgimchak to’risi(www) rivojlanyotgan paytda Bill shunday degan edi:”Internet – bu kelajagi yo’q g’oyadir”. Shunga qaramasdan u bir necha yildan so’ng o’zining eng yaxshi dasturchilarini shu yo’nalish rivoji uchun xizmat qilishini so’ragan edi.
  • 1997 yil Geyts Chikagolik Adam Kvinn Pletcher (Adam Quinn Pletcher) tomonidan amalga oshirilgan firibgarlikning qurboni bo’lgan. Geyts sud zalida guvohlik bergan va Pletcher aybdor deb topilib, 1998 yil iyul oyida unga 6 yillik qamoq jazosi berilgan.
  • 2008 yil iyun oyiga qadar Bill Microsoft ning boshlig’i bo’lgan, lavozimidan ketgandan so’ng(bu haqda u 2006 yil ma’lumot bergan) kompaniya direktorlar uyushmasining ijrochi bo’lmagan raisi lavozimida qolgan. Shuningdek Bill hayriya fondining raisi hisoblanadi.
  • Har yili Geyts 1 million dollarga yaqin mulk solig’i to’laydi.
  • Billning katta bobosi qonunshunos va xokim(mer), bobosi shtatdagi davlat banki vista prezidedti, otasi esa advokat edi
  • Bill to’g’risida juda ko’plab kitoblar yozilgan, agar siz amazon.com sayti orqali gates so’zini kalit so’z sifatida tersangiz 130 mingdan ortiq asar topishingiz mumkin.
  • Bill “Kelajakka yo’l” nomli kitob yozganini ko’pchilik bilmasa kerak. U, bu kitobda axborot texnologiyalari rivojlanish davrida, jamiyatniig qarashlari ga o’z munosabatini bildiradi. Kitob nashrdan chiqqandan so’ng 7 hafta davomida dunyoning asosiy bestseller (eng ko’p sotiladigan) asarlari ro’yxatining 1 o’rinidan tushmagan.

mark

  • Facebook nomli ijtimoiy tarmoq yaratuvchisi Mark Zuckerberg 1984 yil 14 mayda AQSh ning New-York shtatida tug’ilgan.
  • Garvard universiteti talabasi Zuckerberg , dastlab Facebook ijtimoiy tarmog’ini universitet yotoqxonasi (o’z xonasi)dan ommaga taqdim etgan.
  • Markning ota onasi doktor, ya’ni otasi shifokor, onasi psixologdir. Ularning oilasida Markdan boshqa ya’na 3 ta qiz farzand bor.
  • GQ nomli erkaklar jurnali, Zuckerbergni Kremniev o’lkasining (Palo-Alto shahri) eng didsiz kiyinadigan insoni deb tan olgan.
  • 2011 yil yanvar oyida Mark Zuckerbergning Facebook dagi sahifasi, notanish hacker tomonidan buziladi.
  • Facebook yaratilgandan so’ng, Mark hattoki Garvard universitetini tashlab ketadi.
  • Mark o’z turmush o’rtog’ini Garvardda o’qish mobaynida 2004 yil uchratadi. Uning ismi Prisstilla Chan dir.
  • Facebook filmidagi Mark Zuckerberg rolini New-Yorklik Djessi Ayzenberg o’ynaydi. U Markdan 1 yoshga kattadir, lekin tashqi ko’rinishi juda o’xshashdir.
  • Yoshligida Mark o’zining shaxsiy kompyuteri bo’lishini orzu qilar edi. 10 yoshga to’lganida ota-onasi unga 486-y Quantex DX nomli kompyuter sovg’a qilishadi.
  • Microsoft firmasi, Mark kollejda o’qib yurganida, unga qiziqish bildirishadi va o’z hodimi sifatida ko’rishini istashadi. Bunday qiziqishning sababi Markning Synapse nomli ishlab chiqgan dasturi edi. Bu dastur xit musiqalarni avtomat tartiblash vazifasini bajarar edi.
  • Kollejni tamomlagandan so’ng Markni bir yo’la ikkita katta firma(Microsoft, AOL) ishga taklif etadi, lekin Mark Garvard universitetini psixologiya fakultetida o’qishni davom ettirishni tanlaydi(Ehhh man Microsoft ga ishga kirvolardim).
  • 2010 yil Time jurnali Markni yil insoni deb ataydi.
  • Mark shu yilning 19-may kuni 28 yoshida o’z sevgilisi Prisstilla Chan ga uylanadi.
  • Chan ham Garvard universitetida o’qigan, faqat biologiya fakultetida. U xitoylik bo’lishiga qaramay ingliz va franstuz tillarini biladi. Mark u bilan universitetdagi bir tadbirda tanishib qolishadi.
  • Mark tug’ma daltonikdir(rang ajratish qobiliyati sustroq). Shuning uchun Facebook ning asosiy rangi ko’kdir. Chunki qizil va yashil u uchun unchalik farqli rang emasdir.
  • Mark Amerikalik rok guruh Green Day ning fanati hisoblanadi.
  • Markning xarakteri ham o’ziga yarasha ekan. Microsoft firmasining hodimlari u bilan ertalabki soat 8 da uchrashuv belgilashadi, lekin u rad javobini beradi.Chunki u odatda bu paytda uxlar emish, undan tashqari yosh milliarderga Yahoo firmasi boshliqlari yakshanba kuniga uchrashuv belgilashadi, lekin Mark yakshanbada rejalashtirib qo’ygan shaxsiy ishlari borligini aytadi, xullas katta xajmdagi kontraktlar imzolanishi kerak uchrauvlarni ham vaqti to’g’ri kelmaganligi uchun qabul qilmas ekan.
  • Zuckerberg Facebook ning 24% qismiga egalik qiladi, uning mablag’i 4 mlrd dollarni tashkil qilar ekan.(2010 yil boshi Forbes jurnali ma’lumoti).
  • 2010 yil sentyabr oyida Forbes jurnali eng boy amerikalikar ro’yxatini e’lon qiladi va bunda Mark 7 mlrd dollar bilan 29 o’rinni egallaydi.
  • 2011 yil Mark, Forbes ning statistikasiga ko’ra 17,5 mlrd dollar bilan 14 o’ringa ko’tarildi. Dunyo bo’yicha 40 chi o’rinlarni band etgan.

kasperskiy

  • Evgeniy Valentinovich Kasperskiy 1965 yil 4 oktyabrda Novorossiysk shahrida tug’ilgan.
  • 1982 yil MGU qoshidagi A.N.Kolmogorova nomli fizika-matematikaga yo’naltirilgan maktab-internatini bitirgan.
  • 1987 yil Evgeniy kriptografiya, aloqa va informatika universitetini tamomlagan.
  • 1991 yilgacha Mudofaa vazirligiga qarashli ko’p profilli ilmiy-tadqiqot institutida ishladi.
  • 1989 yili Evgeniy o’z kompyuterida “Cascade” nomli dastlabki virusni aniqlaydi va unga qarshi kichik dasturcha(virusni tuzatuvchi modul) tuzadi.
  • 1991 yildan u “Kami” nomli kompaniyada faoliyatini davom ettiradi. Bu kompaniya «Antiviral Toolkit Pro» («AVP«) nomli antivirus loyihasini yaratish bilan shug’ullanar edi. Bu loyiha Antivirus Kasperskiy ning prototipi (nusxasi) edi.
  • 1997 yil Evgeniy Kasperskiy va uning bir necha hamkasblari alohida bo’lib chiqishadi va Evgeniy boshchiligida “Laboratoriya Kasperskiy” kompaniyasini ochishadi.
  • 2007 yildan, Evgeniy Kasperskiy bu firmaning bosh direktori lavozimini egallaydi.
  • 2007 yil Kasperskiy «Tarmoq(сеть)» nomli filmida rus xakeri rolini ijro etadi.
  • 2009 yil rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev “Laboratoriya Kasperskiy” kompaniyasida yig’ilish tashkil qiladi va u yerda Evgeniy o’z dokladi bilan ishtrok etadi. Shundan so’ng prezident kompaniya bo’ylab ekskursiya uyushtiradi. Server xonalarni, virus labaratoriyalarni, antiviruslarni testlovchi xonalarni ko’zdan kechiradi va bu soha juda qiziqligini ta’kidlab o’tadi.
  • 2009 yil 4 iyunda ilm va texnologiya sohasida Rossiya Federastiyasi davlat premiyasini qo’lga kiritadi. Mukofot puli 5 mln rubl edi. U mukofot pulini hammasini o’zi tahsil olgan A.N.Kolmogorova nomidagi fizika-matematika maktab-internatiga o’tkazadi.
  • Kasperskiy – Kompyuter viruslari sohasining eng buyuk ekspertlarini o’zida jamlagan kompyuter viruslari tadqiqotchilari tashkiloti(SARO) ning a’zosi.
  • Evgeniy Rossiya feaderastiyasi jamoatchilik palatasining a’zosi.
  • Evgeniy 2010 yil avgust oyidan ”Skolkovo” innovastion markazining ilmiy maslahatkengashi tarkibiga kirdi
  • Evgeniy Kasperskiy 2010 yil SC Magazine Europe jurnali tomonidan “Yil boshlig’i” nomiga ega bo’ldi.
  • 2011 yili Fobes jurnali Kasperskiyning boyligini 800 mln dollar deb baholadi. Bu eng boy rossiya biznesmenlarining 200 taligidagi 125 o’rindir. 2012 yil uchun 139 o’rin.
  • Evgeniy ikkinchi marotaba uylangan bo’lib, birinchi xotinidan 2 o’g’il farzandi(Maksim, Ivan) bor. Birinchi xotini “Laboratoriya Kasperskiy” kompaniyasining asoschilaridan biri va direktor maslahatchisi lavozimida ishlagan.
  • Evgeniy Kasperskiy sharofati bilan hozirda Gollandiya va Braziliya qamoqxonalarida kiber jinoyatchilar yotishibdi. Bular to’g’risida Kasperskiy g’urur bilan gapiradi.
  • Kasperskiyga internet-pasport g’oyasi taaluqlidir, ya’ni siz internetda o’tirasiz, agar biror xavfli harakat qilsangiz, o’z harakatingizga javob berasiz.
  • Uning xobbisi baydarkada suzish va o’zining ishidir. U “mening ishim mening xobbiyimdir, mening xobbiyim mening ishimdir” deydi.
  • 2011 yil 19 aprelda Evgeniy Kasperskiyni Ivan(20 yoshda edi) nomli o’g’lini Infowatch(onasi shu firma direktori edi) firmasi yonida o’g’irlab ketishadi. Ivan bu firmada programmist bo’lib ishlar edi. Jinoyatchilar bu bola evaziga 3 mln evro so’rashadi. 2011 yil 24 aprelda Ivan Kasperskiy jinoyatchilardan ozod qilinadi.

Linux – aniq faktlar asosida


Linux operastion tizimini yadrosini 21 yoshli FINLANDIYAlik student Linus Torvalds qiziqish tufayli yaratgan. O’sha paytda u kollej studenti edi.

  • Bir necha yil oldin yangi topilgan asteroid Linux yaratuvchisi nomini olgan.
  • Linux operastion tizimining ramziy belgisi sifatida TUX nomli pingvin topilgan.
  • Linux operastion tizimi yaratilishidan oldin, Lunus Torvalds ni zooparkda pingvin tishlab olgan, so’ng u shu hayvonni o’ziga ramz sifatida qabul qilgan ekan.
  • Dastlab bu tizimning nomi freax bo’lgan, bir necha vaqtdan so’ng tizim Linux nomini olgan.
  • Hozirgi kunda 2% Linux tizimining kodi Linus Torvalds ga tegishli.
  • Linux tizimi C dasturlash tilida yozilgan.
  • Operastion tizimni dunyo bo’ylab ko’p dasturchilar yaratishadi va ular tekin hisoblanadi, lekin hozirgi kunda pullik distributivlar ham mavjud.
  • Dastlabki Linux yadrosi(kernel linux) 176250 ta qatordan iborat bo’lgan, hozirgi kundagi tizimning kodlar qatori 10 millionga etgan.
  • William Della Croce nomli inson Linux nomli markani qonuniylashtirib, uni ishlatish uchun pul talab qilgan.
  • Dastlabki mukammal linux tizimi, dastlabki tizimni yaratish boshlangan vaqtdan so’ng 3 yildan so’ng (1994 yil)ommaga taqdim etilgan.
  • Dastlabki to’liq linux operastion tizimi distributivi Slackware hisoblanadi.
  • Dastlabki tijoriy distributiv Red Hat sanaladi.
  • Linux Red Hat 4.1 versiyasi «Titanik» filmini olishda, juda ko’p spesteffektlar yaratishda ishlatilgan.
  • Xitoy davlati xukumat kompyuterlariga Linux tizimini o’rnatishgan.
  • Bu tizim ko’p foydalanuvchili va ko’pvazifali operastion tizim hisoblanadi.

Windows, faktga asoslangan prikollar


Windows oprastion tizimi ham kamchiliklardan forig’ emas. Juda ko’p xatoliklar, ishlayotgan dasturlarning qotib qolishi butun operastion tizim uchun katta minusdir. Shu sababli ko’pchilik linux operastion tizimiga o’tib ketmoqda.

Windows dagi “ не отправлять” degan yozuv barchani asabiylashishga olib kelmoqda, eng achinarlisi bu ko’k ekrandir (синий экран смерти ). Quyida windows operastion tizimida sodir bo’ladigan prikol kamchiliklar va xatoliklarni ko’ramiz. Bularning ba’zi birlarini xato deyish noto’g’ri bo’ladi, chunki biz uchun xatodek ko’ringan amallar aslida to’g’ridir. Demak kettik:

  • Windows operastion tizimi ham Amerikada sodir etilgan 11 sentyabrdagi portlashga o’z qarashini ifoda etgan. Nyu-York shtatida sodir bo’lgan qo’poruvchilik tarixda Q33 nomini olganini bilsangiz kerak. Shu bilan bog’liq fakt.
  • Microsoft Word dasturini ochamiz va u yerga Q33 NYC yozuvini yozamiz va shriftni ko’rinishi uchun kattaroq qilamiz. NYC – NEW YORK CITY degani. So’ng shriftlardan Wingdings nomli shriftni tanlaymiz, xo’sh natija qanday?
  • Microsoft Word dasturini ochamiz va u yerga =rand(200,99) yozuvini yozamiz. Undan so’ng Enter tugmasini 3 sekundcha bosib turamiz. Bulochka, choy to’g’risida bir balolar….. ya’na bir necha qator aaaa. Buni kim tushuntira oladi..
  • Foydalanuvchilarni hayron qoldirishni davom etamiz. Ya’na bir bor Microsoft Word dasturini ochamiz va u yerga «хочу избежать службу в армии» (xudda shunday yozamiz) degan yozuvni yozamiz, word yashil chiziq bilan ko’rsatib, boshqa ma’noda yozish kerakligini ko’rsatadi. O’sha boshqa ma’noni bir o’qib ko’rasizmi a..
  • Endi navbat kalkulyatorga. Kalkulyatorni ochamiz va kalkulyatorning 2 xil tipida(обычный va инженер) quyidagi amalni bajaramiz. 2 ga 2 ni qo’shib, 2 ga ko’paytiramiz. Qaysi natija to’g’ri? Shu orqali kalkulyatorlar farqini bilib olarsiz.
  • Windows operastion tizimida “con” nomli fayl va papka yaratish mumkin emas. Con so’zining ma’nosi “ботаник” dir. Balki Bill ning yoshligida uni shu nom bilan atashgandir. Shu sababli o’zining dasturini bu so’zdan uzoqda saqlagandir a? Undan tashqari quyidagi so’zli fayl va papkalarni ham yarata olmaysiz(qo’shtirnoqsiz): «aux«, «com1«, «lpt1«, PRN, CLOCK$, LPT1, LPT2, LPT3, COM2, COM3, COM4, LPT. Prikolmi? Aslida bu so’zlar kiritish/chiqarish ga oid zahiralangan so’zlardir.
  • Bu prikolni qilishda ehtiyot bo’ling. Barcha ochilgan word oynalarini qotirib qo’yadi. Bu maqolani yozishda o’zim ham shu qotishni qurboni bo’ldim. Word ni ochasiz va u yerga «Уточнение наличия запасов м.с.;» yozuvini kiritasiz va tamom… 2003 word dan tepa versiyalarda ishlaydi.
  • Fuqarolarni xuquqlari haqida word ham o’z qarashlarini ifoda etgan. Word ni ochib u erga «правоспособность-способность лица иметь гражданские права и нести обязанности» yozuvini yozamiz va word darhol yopilib qoladi. Word ham maynavozchilik bo’lib qolibdi o’zi.
  • HTML da alkogol ichimliklarinig ham ranglari mavjud ekan. Endi rang tanlashda «#beer«, «#vodka«, «#tequila”, «#windows«, «#Andrew«, «#blood» ranglaridan foydalanish mumkin.
  • Bunisi esa xaqiqiy chayniklar uchun prikol. Biror video faylni ochamiz(Winamp, Bsplayer, Windows media) va to’liq ekranga o’tamiz. So’ng PrintScreen orqali ekran nusxasini olib, Paint ga tashimiz. Marhamat tomosha qiling paint da video fayl.
  • Chayniklar kompyuterining sistema vaqtini 2094 ga o’zgartirib qo’ying, juda ko’p dasturlar ishlamaydi yoki qotib ishlaydi. Sababini faqat siz bilasiz va biroz pul ham ishlab olishingiz mumkin.

WhatsApp nima va u haqida faktlar


WhatsApp – smartphonlar uchun messenjerdir. Bu programma orqali matn xabar, rasm, video va audio jo‘natish mumkin. WhatsApp klient qismi Android, BlackBerry OS, BlackBerry 10, iOS, Series 40, Symbian (S60) va Windows Phone platformalarda ishlaydi.

WhatsApp orqali smslashish uchun xar ikkala tomonda xam klient qismi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. WhatsApp 2009 yili yaratilgan bo‘lib, uning bosh ofisi Kaliforniya shtati, Santa Klara shahrida joylashgan. WhatsApp ning server qismi Erlang dasturlash tilida yozilgan.

WhatsApp orqali 2012 yil aprel oyida kuniga 2 milliard xabar, 2012 yil avgust oyida kuniga 10 mlrd, 2013 yil iyun oyida esa kuniga 27 mlrddan ko‘p sms xabarlari jo‘natilgan. Bundan oldingi rekord xam WhatsApp ga tegishli bulib, 2012 yil 31 dekabrda o‘rnatilgan edi. O‘shanda 24 soat ichida 18 mlrd sms yuborilgan edi.

WhatsApp ning kunlik aktiv foydalanuvchilari soni bo‘yicha xam rekordsmen hisoblanadi. Uning kunlik aktiv foydalanuvchilari soni 200 mlndan ko‘pni tashkil etadi, bu vaqtning o‘zida Nimbuzz da 150 mlnni, KakaoTalk da 90 mlndan ortiqni, Viberda esa 50 mlndan ko‘proqni tashkil etadi.

Financial Times jurnalining xabar berishicha Skype xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlariga qanday ishlov bersa WhatsApp sms xabarga shunday ishlov beradi. Viber va Skype dan farqli o‘laroq WhatsApp da VoIP-qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.

Ovum kompaniyasining mutaxassisi Nexi Darining baxolashicha, WhatsApp tufayli mobil operatorlar smsdan bir necha 10 milliardlab zarar ko‘rishlari mumkin.

WhatsApp Extensible Messaging and Presence Protocol mod protoklidan foydalangan holda sms larni jo‘natadi. Programma smartfonga o‘rnatilgach, s.whatsapp.net serverida akkaunt ochiladi, va u yerda foydalanuvchining ismi sifatida uning telefon nomeri registratsiya qilinadi.

WhatsApp telefondagi kontaktlarni avtomat tarzda sinxronizatsiya qiladi bu esa ushbu dasturning avzalligini o‘z o‘zidan ma’lumligini ko‘rsatib turadi.

Apple kompaniyasining iPhone modellari uchun WhatsApp ning rasmiy kliyent dasturi 2013 yildan boshlab bepuldir. Bundan avval uning narxi – 0.99$ bo‘lgan.

Boshqa kompaniya smartfonlariga (Android, BlackBerry, Windows Phone, Nokia) o‘rnatilgan WhatsAppdan birinchi yil davomida bepul foydalanishlari mumkin. Keyingi yillar uchun esa yiliga 99 sent to‘lagan xolda foydalanishlari mumkin.

Skype haqida faktlar va statistika


Bu maqolada ma’lumot almashuvchi yana bir ajoyib dastur skype haqida yozmoqchiman. Bu dastur, WhatsApp dasturiga qaraganda mukammalroq va keksaroq hisoblanadi. Bu dastur kompyuterlarga, mobil telefonlarga, planshetlarga o‘rnatilishi mumkin. Skype – bu kliyent dastur, sayt, korxonadir.

Skype – bu bepul dasturiy ta’minot hisoblanadi. Uning kodlari yopiq holatda tarqatiladi va kompyuterlar orqali internet muhitida ovozli signallarni shifrlab jo‘natishga hizmat qiladi(VoIP). Undan tashqari mobil telefon va uy telefonlariga ma’lum bir trafik asosida qo‘ng‘troqni amalga oshiruvchi dasturhamdir. Demak u haqida ma’lumotlar berishni boshlaymiz.

  • Bu dasturiy ta’minot 25 tagacha abonentni ovozli konferensiya qilishi, videozvonokni amalga oshirishi, 10 tagacha abonentni videokonferensiya qilishi, matnli konferensiya qilishi(chat) va ma’lumotlarni jo‘natishi mumkin.
  • Skype kompaniyasi 2 ishbilarmon, Niklas Zennstryom va Yanus Friisom tomonidan ochilgan.
  • Dasturiy ta’minot yaratuvchisi Axti Xeinla, Priit Kasesalu va Yaan Tallinn lar hisoblanishadi.
  • Skype sayti va dasturi 2003 yil ommaga taqdim etilgan.
  • 2005 yil skype korxonasi Ebay tomonidan sotib olindi. Ebay bu korxonani 2.6 mlrd. dollarga sotib oldi(keyinchalik yana 500 mln dollar berilgan).
  • O‘sha paytlarda(2005 yil) skype korxonasining yillik pul mablag‘i aylanmasi 100 mln dollardan kam edi.
  • 2009 yil ebay skype korxonasini, 2010 yil 1 choragida birjaga, sotishga qo‘yishini e’lon qildi va aksiyaning katta qismini sotib yubordi.
  • 2011 yil Microsoft korporatsisi skype ni 8.5 mlrd dollarga sotib oldi.
  • Skype ning shtab-kvartirasi Lyuksemburgda joylashgan. Uning filiallari esa London, Praga va Tallinda joylashgan.
  • Skype aktiv foydalanuvchilari soni 800 milliondan(2012 yil) oshib ketti.
  • Dastlab bu korxona Skyper deb yuritilgan, ya’ni ingliz tilidan sky(osmon), peerto-peer(kompyuterdan kompyuterga), keyinchalik “r” tushib qolgan.
  • Skype dasturchilarining ko‘p qismi(44%) estoniya xududida istiqomat qilishadi.
  • Hozirgi kunlarda dasturda bir vaqtning o‘zida ishlayotgan foydalanuvchilar soni 20 milliondan ortib ketdi.
  • Bu dastur foydalanuvchilari ko‘pligi bo‘yicha faqatgina facebook, google va Amazondan ortda qolmoqda.
  • Skype orqali amalga oshirilayotgan 25% qo‘ng‘iroqlar videoqo‘ng‘iroq tarzida amalga oshirilmoqda.
  • Bu dastur 28 xil tilga tarjima qilingan.
  • Dasturdan foydalanuvchilarning 30% biznesni amalga oshirish maqsadida dasturni ishlatishmoqda.
  • Skype dasturi ishlatadigan protokol yopiq hisoblanadi.
  • 16 avgust 2007 yilda dasturda katta buzilish bo‘lgan va shu kuni butun dunyoda bu dastur ishlamagan.
  • Skype ning pullik hizmatlari: SkypeOut (telefonga qo‘ng‘iroqni amalga oshirish), SkypeIn (online nomer), Skype Voicemail (ovozli xat), Nomer Skype To Go va SMS jo‘natish.

YouTube haqida 21 fakt!

YouTube haqida 21 fakt!

YouTube – katta hajmdagi video fayllar to’plangan sayt. Bu saytga ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar video fayllarni joylashlari mumkin. Istalgan foydalanuvchi esa bu videolarni ko’rishi mumkin. Demak sayt haqidagi aqlga sig’mas faktlar bilan tanishing.

  • YouTube domeni 2005 yil 14 fevralda (Valentin kunida) ro’yhatdan o’tgan. Bu degani bayram qilish uchun yana bir sabab bor.
  • Bu proyekt a’zolari Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim lar hisoblanishadi. YouTube saytini yaratishdan oldin bu insonlar Paypal da ish yuritishgan.
  • Dastlab YouTube sayti video tanishuvni amalga oshirish uchun yaratilgan edi.
  • Sevishganlar real vaqtda bir birlarini ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishar edi, keyinchalik bu sayt video xosting bo’ldi.
  • Ro’yhatdan o’tgan YouTube foydalanuvchilarining 70%AQSh fuqarolaridir, 50% foydalanuvchilarining yoshi 20 yoshdan kichik. Bunisiga nima deysiz?
  • YouTube ga joylashtirilgan videolarning barchasini ko’rish uchun 1000 yildan ko’p vaqt kerak bo’lar ekan.
  • Saytning musiqa kategoriyasi eng taniqli kategoriya hisoblanadi. Barcha videolarning 20% shu kategoriyaga tegishli ekan.
  • Amerikaliklar saytga eng ko’p video fayllarni joylashtiradiganlar ekan, ulardan so’ng Buyuk Britaniya joy olgan. Eng ko’p videolarni tomosha qiladigan davlat ham AQSh ekan, 2 chi o’rinda Yaponiya davlati.
  • YouTube ga dastlabki videoni sayt yaratuvchilaridan biri Djaved Karim kiritgan.
  • Video “Men hayvonat bog’idaman” deb nomlangan edi. Bu video 18 sekundlik ekan.
  • Bir kunda 2 milliardan ko’p insonlar bu saytda video tomosha qilishar ekan.
  • Google kompaniyasi YouTube ni 2006 yilda sotib olgan. Sayt narxi 1.65 milliard dollarni tashkil qilgan.
  • 2010 yil noyabr statistikasini oladigan bo’lsak, 1 minutda YouTube ga 35 soatlik video joylashtirilar ekan, bir kunda esa bu ko’rsatkich 50400 soatni tashkil qilar ekan.
  • YouTube da bu video fayl o’chirilgan degan xabar chiqsa, video fizik jihatdan o’chmagan bo’lar ekan, bu videoni maxsus dasturlar orqali ko’rish mumkin bo’lar ekan(misol uchun Deleted YouTube Video Viewer).
  • Har yili 1 aprel-hazil kuniga sayt biror qiziq ishlarni amalga oshiradi. Misol uchun 2009 yilda saytdagi barcha videolar teskari ko’rsatadigan qilib qo’yilgan, 2010 yilda esa videolar o’rnini matn lar egallagan edi, ho’sh bu yil nima bo’lar ekan.
  • Agar bu saytni biror kinokompaniya deb olsak, bu kompaniya haftasiga 60 ming kino chiqara olar ekan.
  • Sayt to’liq Python dasturlash tilida yozilgan.
  • 14 noyabrya 2007 yilda saytning rus tilidagi versiyasi ishga tushdi, bu versiyaga dastlabki joylashtirilgan video fayl Pyotr Nalichning “Gitar” nomli klipidir.
  • Sayt foydalanuvchilari .mpeg, .avi formatidagi video fayllarni joylashtirishlari mumkin. Sayt esa bu videolarni FlashVideo(.mp4) ga o’zgartirib beradi.
  • MoldytoasterMedia nomli YouTube foydalanuvchisi 2011 yil 14 dekabrda eng uzun videoni saytga joylagan(596 soat 31 minut va 21 sekund). Birozdan so’ng uning videosi o’chirilgan.
  • 2008 yil Pokiston, 2009 yil Xitoy davlatlari bu saytni o’z fuqarolari uchun bloklab qo’yishgan.
  • Hozirgi kunda sayt 30 ga yaqin tillarga tarjima qilingan.
  • «Universal Tube and Rollform Equipment» nomli firmaning sayti utube.com edi va bu sayt ham YouTube sayti kabi o’qilar edi. Shu sababli firma YouTube ni sudga beradi, lekin bundan naf chiqmaydi. Keyinchalik firma sayti utubeonline.com ga o’zgartirildi.

Android haqida siz bilmagan faktlar

Android haqida siz bilmagan faktlar

Android – shu yaqin yillarda IT sohasiga kirib kelgan va ko’p dasturchilarni, shu operatsion tizim bilan pul topishga undagan “yashil o’zga sayyoralik” dir. Bu dastur juda ko’p smartphone larni boshqaruvchi operatsion tizim hisoblanadi. Mobil operatsion tizimlar(windows mobile, symbian) orasida eng mashhurrog’i va keng qo’llaniladigani ham shu tizimdir.

Keling shu operatsion tizimga oid qiziqarli faktlar bilan tanishib chiqamiz:
1. 2008 yilda Android operatsion tizimining kodlari ommaga taqdim etilgan va u 2.1GB hajmni egallagan.
2. Dastlab Android operatsion tizimi Android Inc firmasi tomonidan yaratilgan. Bu firma AQSH ning KALIFORNIYA shtatida joylashgan bo’lib, 2003 yilda Andy Rubin, Chris White, Nick Sears va Rich Miner tomonidan tashkil etilgan. Android Inc firmasi o’z ish faoliyati davomida 2 ta “Обнавления”– 1.0 Astro va 1.1 Bender (mashhur robotlar nomi) chiqarishga muyassar bo’ladi.
3. 2005 yil, Google kompaniyasi Android Inc firmasini 130 mln. dollarga sotib oladi va o’zi bu operatsion tizimni chiqarishni davom ettiradi.
4. Bu mobil operatsion tizimi, Linux operatsion tizimi yadrosida yaratilgan bo’lib, bu tizim uchun ataylab Droid shrift o’ylab topilgan.
5. 2007 yil 5 noyabrda, Androidni ommaga tanishtirish marosimi bo’lib o’tgan, lekin dastlabki Android 1.0 versiyasi 2008 yil 23 sentyabrda foydalanuvchilarga taqdim etilgan.
6. Dastlabki Android operatsion tizimida ishlagan smartphone nomi HTC T-Mobile G1(HTC Dream) dir.
7. Sizga ma’lumki, ishlab chiqilgan barcha yangi dasturlar himoyasi, xakerlar tomonidan kim tez buzishga o’yinida qurbonlik vazifasini o’taydi. Android ham bu o’yindan chetda qolmadi. Bu tizimni buzish uchun 1 oydan kamroq vaqt talab etildi. Bu buzg’unchi inson ismi Justin Case bo’lib, u bitta patch orqali operatsion tizimdagi barcha dasturlarni tekin(free) ishlatishga muyassar bo’ldi
8. Statistika ma’lumotlarga qaraganda har 2 ta smartphone dan biri Android operatsion tizimida ishlar ekan.
9. Android foydalanuvchilari soni 250 milliondan oshganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo’lib, eng ko’p foydalanuvchilar AQSH va Rossiya davlatlariga to’g’ri kelar ekan.
10. Elektron magazin bo’lmish, Google Market da 500 mln dan ko’p android operatsion tizimi uchun “приложения” lar mavjud ekan. Bu degani har bir foydalanuvchi uchun(“уникальный” foydalanuvchi uchun, yuqori qismda yozilgan 250 mln dan ko’p deb) kamida 2 ta “приложения” to’g’ri kelar ekan.
11. Android operatsion tizimi ochiq kodli tizim hisoblanadi, agar aqlingiz yetsa taxminan 12 millionli kodlarni o’zingiz tahrirlashingiz mumkin bo’ladiJ.
12. Android dan ko’proq erkaklar foydalanishar ekan va bu ko’rsatkich 73% ni tashkil qilishini bilmas edim.
13. Statistikani davom ettiramiz: Android foydalanuvchilari o’z vaqtlarini(android ishlash vaqti) 34% electron pochta tekshirishga va 21% esa o’yin(asosan Angry Birds) o’ynashga sarflashar ekan.
14. Android ni iPhone OS dan avfzalligi shundaki, android da flash tehnologiya mavjud.
15. Avvallari Android faqat smartphone lar uchun edi, lekin hozir planshet lar, netbook lar va smartbook larning ham operatsion tizimi android ga aylanmoqda.
16. Operatsion tizim uchun alohida Android Market bozori ochilgan bo’lib, turli foydalanuvchilar, turli davlat fuqarolari uchun har hil imtiyozlar berilgan. Misol uchun kimlargadir tekin dasturlarni olishga ruhsat, kimlargadur faqat pullik dasturlarni olishga ruhsat(aqlli o’ylangan).
17. Endi eng qiziq ma’lumot. Har bir yangi android versiyasi, versiya nomeri bilan birga ma’lum bir nom bilan chiqadi. Bu odat tusiga kirib qoldi. Bu nomlarning barchasi shirinliklar bilan bog’liqdir. Faqatgina dastlabki Android Inc firmasi tomonidan chiqarilgan 2 ta versiya robotlar nomiga qo’yilgan. Yana bir qiziq tomoni shundaki, bu shirinlik va robot nomlar nomlari ingliz tili alfabosi bo’yicha nomlangandur. Bu nomlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Astro, Bender, 1.5 Cupcake, 1.6 Donut, 2.0 Eclair, 2.2 Froyo, 2.3 Gingerbread, 3.0 Honeycomb, 4.0 Ice Cream Sandwich, Jelly Bean, Key Lime Pie, Licorice, Molasses, Nougat(kursiv shaklida yozilganlar endi plandagilar). Agar ingliz alifbosi tugab qolsa, und anima bo’ladi????

Mana ba’zi qiziqarli faktlar bilan ham tanishib chiqdik. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, bu operatsion tizim barchaga maqul bo’lgan va juda ko’p dasturchalariga, o’yinlariga ega bo’lgan super tizim hisoblanadi. Bu tizimning minus tomoni shundaki, bu tizim bilan ishlaydigan mobil qurilmalarning tok manbai(batareyasi) juda tez tugaydi va elektr rozetkasi qidirib yurishingizga to’g’ri keladi.

Nokia kompaniyasi Lumia 2520 plansheti foydalanuvchilarini uning AC-300 zaryad qurilmasidagi nosozlik haqida ogohlantirdi. Bu haqda Nokia saytida berilgan ma’lumotga tayanib, Look At Me xabar berdi.

pRVOFot61jHeDGmfbDDoyQ-articleAC-300. Foto: lookatme.ru 

“Ma’lum bir sharoitda zaryad qurilmalarining ba’zilarida plastik qismning ajralishi ro‘y berishi mumkin”, — deyiladi kompaniya saytida. Planshet egasi zaryad qurilmasini rozetkadan sug‘urish vaqtida ochilib qolgan simlarga tegib, tok urishi mumkin. Nokia foydalanuvchilarga bu turdagi zaryad vositasidan kompaniya muammoni hal qilmagunicha vaqtincha foydalanmay turishni tavsiya qilmoqda.

Hz99L_yTsz0mkA9XFgCUWg-articleLumia 2520. Foto: lookatme.ru 

Qayd etilishicha, AC-300 “eksklyuziv dizaynga ega”, shuning uchun uni Nokia’ning boshqa “zaryadka”lari bilan almashtirib bo‘lmaydi. Biroq nosozlik planshetning o‘ziga zarar yetkazmaydi. 2013-yil dekabridan buyon kompaniya muammoli zaryad vositalariga ega bo‘lgan 30 mingdan ortiq Lumia 2520’ni sotgan. Hozircha muammoning yechimi topilmagan.

Lumia 2520 sotuvi vaqtincha to‘xtatildi.

kompyuter viruslari haqida

Kompyuter viruslari haqida

Kompyuter viruslari xuddi mikroorganizmlar singari tarqaladi va sog‘lom dasturlarni zararlaydi. Ular kompyuter tizimini ishdan chiqaribgina qolmay, kompyuterdagi turli fayllarga kirib oladi. Ba’zi viruslar disklarning yuklash sektorlariga zarar yetkazadi. Har qanday virus o‘zining zararli kodlarini kompyuterdagi biror dasturning ichiga joylashtirib qo‘yadi. Mana shuning uchun ham dastur ishga tushirilganida virus ham qayta-qayta ishga tushaveradi. Bugungi kunda viruslarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning har birining bir nechta modifikatsiyasi mavjud. Shuning uchun viruslar sonini 5-10 marta ko‘p deb hisoblasa ham bo‘ladi. Virus kompyuterdagi fayllarni zararlashi uchun u eng avvalo birorta fayl yoki dasturning ichiga joylashib oladi. Keyin esa boshqalarini ham zararlashga tushadi. Barcha viruslar fayl yoki dasturlarni deyarli bir xil uslubda quyidagi ketma-ketlikda zararlaydi:

1) Eng avval foydalanuvchi zararlangan faylni kompyuterning xotirasiga o‘tkazgan bo‘lishi kerak. Bunday fayllar kompyuterga asosan fleshkalardan, mahalliy tarmoqlardan yoki Internet tarmog‘idan o‘tishi mumkin. Shundan keyin virus kompyuter xotirasida o‘zini nusxalashni boshlaydi.

2) Xotiraga joylashib olgach, virus kompyuterda biror dasturning yuklanishini, ya’ni ishga tushishini kutadi.

3) Dastur yuklanganidan keyin virus o‘zining dastur kodini o‘z qurbonining ichiga joylaydi. Shu bilan birga, virus o‘z kodini mana shu ishga tushirilgan dasturning doimiy xotirada saqlanayotgan nusxasiga ham joylaydi.

4) Foydalanuvchi kompyuterni o‘chirguniga qadar, nechta dasturni ishga tushirgan bo‘lsa, virus ularning hammasini, ketma-ket zararlayveradi. Kompyuter o‘chirilganidan keyin tezkor xotiradagi dasturlar o‘chadi, shu bilan birga ularning ichiga kirib olgan virus ham o‘chadi. Lekin bu narsa virus uchun xatarli emas. Chunki uning asosiy nusxasi u mana shu kompyuterga ilk marotaba «kirganida» joylashgan faylda saqlangan bo‘ladi.

5) Kompyuter har safar ishga tushganida, virus ham uyg‘onadi va o‘zining xotiradagi ko‘rinmas hayotini davom ettiraveradi…

Yuqorida sanab o‘tilgan beshta bosqich soddaroq variant hisoblanadi. Shunday viruslar borki, ular biror-bir dasturning ishga tushishini kutib o‘tirmaydi, qachon kompyuter yoqilib, operatsion tizim ishlay boshlasa, u ham Windows bilan qo‘shilib ishga tushaveradi. Ba’zi viruslar siqilgan, ya’ni arxivlangan faylning ichiga yashirina oladi.

Tasavvur qiling, odamga gripp virusi yuqdi. Kasal yuqqanligining belgilari odam tanasida paydo bo‘la boshlaydi. Masalan, burun oqadi, yo‘tal, bosh og‘rig‘i, bo‘shashish va hokazo.

Kompyuterga ham virus yuqsa, ba’zi simptomlar yuzaga chiqa boshlaydi. Lekin, shunday viruslar borki, hattoki eng yaxshi antivirus dasturlar ham ularni aniqlay olmaydi. Quyida kompyuterga virus yuqqanligining ba’zi belgilarini sanab o‘tamiz.

• Kompyuterdagi dasturlar avvalgiga nisbatan sekinroq yuklanadi;

• Ba’zi papkalarda sizga notanish fayllar paydo bo‘lib qoladi yoki aksincha, bir xil fayllar yo‘qolib qolishi mumkin;

• Sizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra, fayl yoki dasturlarning hajmlari o‘zgarib qoladi, yo ortadi yoki kamayadi;

• Ekranda tushunarsiz yozuv yoki grafikalar paydo bo‘lib qoladi;

• Ekrandagi elementlarning tiniqligi yo‘qoladi;

• Diskdagi bo‘sh joy o‘z-o‘zidan kamayib ketadi;

• Fayllarning nomlari yoki kengaytmalari o‘zgarib qoladi;

• Klaviaturadagi tugmachalar bosilganida dinamikdan har xil tovushlar chiqadi;

• Qattiq diskka murojaat qilib bo‘lmay qoladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, viruslarning 5 foizigina kompyuterga jiddiy zarar yetkaza oladi, masalan, apparat qurilmalarini ishdan chiqarishi mumkin yoki operatsion tizimni umuman ishlatmay qo‘yishi mumkin. Shunday viruslar borki, ular dastur yoki fayllarga ochiq hujum qilmaydi. Balki, faqatgina o‘zini-o‘zi nusxalab yotadi. Maqsad – yashab qolish, bevosita zarar berish emas. Lekin yashab qolishning o‘zi ham ma’lum vaqtdan keyin kompyuterga zarar keltirishni boshlaydi. Chunki xotiradagi joy borgan sari kamayib boradi. Shuni yodda tutingki, «bezarar virus» bo‘lmaydi.

Keling, zararli dasturlarning asosiylari bilan tanishib chiqaylik.

Troyan (troya otlari)

Tarixdan Troya urushi haqida o‘qiganmisiz? O‘shanda dushman tomon sovg‘a qilgan bahaybat ot haykali ichida yashirinib olgan askarlar tunda chiqib, qal’a darvozasini ochganlar. Troyanlar ham xuddi shunday ish ko‘radi – kodek, skrinseyver kabi xavfsiz ilovalarga o‘xshab ko‘rinadilar, kompyuterga tushib olgach esa, g‘arazli ishlarini boshlab yuboradilar. Masalan, troyan o‘zining nomini new_game.exe kabi qiziqarli va bir qarashda zararsiz dasturga o‘zgartirib oladi. Ushbu dastur yuklab olingandan keyin, yoki umuman ishlamaydi, yo yuklanishda xato yuz bergani va dastur yopilishi haqida xabar chiqadi. Lekin, shuning o‘zi troyanga buzg‘unchligini qilib olish uchun yetarli.

Bekdorlar (backdoor)

Bu – tizimni masofadan turib, ruxsatsiz va yashirin boshqarish dasturlaridir. Ular foydalanuvchi uchun an’anaviy bo‘lgan har qanday amallarni – klaviaturada terish, kursorni yuritish, darcha va ekrandagi narsalarni ko‘rish, tashqi qurilmalarni ishlatish kabilarni bajarish imkonini beradi. Bekdorlar muhim axborot bilan ishlaydiganlar, moliyaviy tizimga kiriladigan kompyuterlar uchun o‘ta xavflidir. Ushbu dasturning asosiy vazifasi – kompyuter tizimiga yashirin ravishda barqaror kirib turishni ta’minlashdir.

Spyware va Adware

Ularning asosiy vazifasi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va bevosita yoki bilvosita moddiy manfaatga ega bo‘lishdan iborat.

Adware («Reklama mahsuloti») – foydalanuvchi xohishiga bog‘liq bo‘lmagan reklamalar namoyish etadi;

Spyware («Josus mahsulot») – adware dan ko‘ra ancha xavfli. Bu dastur foydalanuvchi harakatlarini kuzatib boradi, kiberjinoyatchilarga shaxsiy ma’lumotlar, kompyuter konfiguratsiyasi, terilgan matn va turli akkauntlarga parollar kabilarni yetkazib berib turadi. Eng yomon tomoni – antivirus dasturlar har doim ham bunday viruslarni topa olmaydi.

Rutkitlar

Ular dasturiy va tizim so‘rovlari natijalarini «ushlab olib», almashtirib qo‘yish orqali, zararli dastur yoki jinoyatchining faoliyatini yashirish uchun mo‘ljallangan. Masalan, antivirus kompyuterda viruslar bor-yo‘qligini tekshirish uchun, operatsion tizimdan fayllar ro‘yxatini «so‘raydi». Rutkit esa, operatsion tizim taqdim etgan ro‘yxatni «ushlab olib», undan bekdor viruslarini olib tashlab, antivirusga «topa-toza» fayllargina bor ro‘yxatni beradi. Natijada antivirus hech qanday shubhali narsa topa olmaydi.

Bot/Zombi

Botlar va zombilarni zararli dasturlarni boshqarish usuli desak ham bo‘ladi. Ko‘p hollarda troyanlar va bekdorlar yangi talqinlarni yuklash, spamlar tarqatish va boshqa ko‘rsatmalarni olish uchun o‘z egalari, «ona» tarmoqlariga bog‘lanib turadilar. Bunda bot va zombilar keng tarqalgan aloqa usullaridan ham (masalan, ICQ), o‘zlari uchun alohida ishlab chiqilgan bog‘lanish yo‘llaridan ham foydalanishlari mumkin.

Aynan botlar va zombilar yashirin Internet-trafik oqimini yuzaga keltiradi (Internet orqali ma’lumotlar yuklab oladi va jo‘natadi) va shu orqali kompyuter foydalanuvchisining hamyonini ship-shiydam qilishga hissa qo‘shadi.

Chuvalchang (Worm)

Bu dastur qattiq diskda, kompyuter xotirasida ko‘payadi va tarmoq orqali tarqaladi. «Chuvalchang»larning boshqa viruslardan asosiy farqi shundaki, ularning o‘zlari bevosita hech qanday zarar keltirmaydi, faqat o‘zidan-o‘zi ko‘payib yotaveradi. Bundan maqsad xotirani to‘ldirib, operatsion tizim faoliyatini sekinlatishdir. Lekin, «chuvalchang»lar boshqa viruslar uchun baza vazifasini ham o‘taydi. Masalan, ba’zida bu dasturlar ishga tushganda, u kompyuterni bot-tarmoqqa ulaydi va bu mashinaga yashirin kod o‘rnatib qo‘yadi, ya’ni Internetdan kompyuterga «maxfiy tuynuk» ochadi.

Viruslarning birgalikda ishlashi

Viruslarning turlari har xil bo‘lishiga qaramay, odatda hammalari «kelishib» ishlaydilar. Bir-birlarini yashiradilar, yangilangan ko‘rinishlarining yuklanishiga yordam beradilar. «Chuvalchang»lar bekdorlar uchun makon bo‘lishadi va tarmoqlarda birlashishga xizmat qiladi, troyanlar parollarni o‘g‘irlab, spyware viruslarini o‘rnatadilar va h.k.

arxiv