admin

You are currently browsing the archive for the admin category.

center

Bu maqolani o’qib, siz Unlocker dasturi yordamida faylni qanday qilib o’chirishini bilib olasiz. Windows ba’zi hollarda, qandaydir sabab bilan faylni o’chirishni xohlamaydi. U, masalan, tizimda band bo’lishi yoki shunchaki fayl buzilgan, himoyalangan bo’lishi mumkin. Ammo, albatta kompyuterda bizga ortiqcha axlat kerak emas.

center

Ba’zan tizimga qaram bo’lgan faylni o’chirishda kompyuterni qayta yuklash yordam beradi. Lekin sizga qayta yuklash kerak bo’lmasa yoki bu yordam bermasa, Unlocker dasturi bu uchun ideal yechimdir.
Unlocker dasturi sizga Windows o’chirishdan bosh tortgan faylni tezda o’chirishga yordam beradi.

Dasturni uning rasmiy
saytidan yoki TAS-IX dan ko’chiring va uni o’rnating. O’rnatganingizdan so’ng, u Windows ning kontekst menyusida paydo bo’ladi.

center

Faylni Unlocker dasturi yordamida o’chirish uchun, unga sichqonchaning o’ng tugmasini bosish va kontekst menyudan Unlocker ni tanlash lozim.

center

Keyin dastur bajarishi shart bo’lgan amalni tanlang: «Qayta nomlash» (Переименовать), «O’tkazish» (Переместить), yoki «O’chirish» (Удалить). Bizning holatimizda «O’chirish» ni tanlaymiz.

center

Bundan so’ng, siz fayl o’chirilganligi haqidagi xabarni ko’rasiz.
Yana shunday holatlar bo’ladiki, masalan grafik muharrirda siz birorta fayl bilan ishladingiz, va u yopilganidan so’ng, dastur joylashgan katalogni fayllari bilan o’chirishni yoki boshqa lokal diskka o’tkazishga qaror qildingiz. Siz fayllarni ko’chirdingiz, biroq katalog o’chishni xohlamayapti.

Bunday holatlarda Unlocker dasturidan foydalaning, va sizga katalog yoki faylni o’chirishga nima xalaqit berayotganini bilishingiz mumkin.

center

Bu oynada siz faylni blokdan chiqarishingiz yoki ketayotgan jarayonni to’xtashingiz mumkin. Va undan keyingina siz fayl yoki katalogni bemalol o’chirasiz.

Siz endi Unlocker dasturi yordamida fayl qanday o’chirilishini bilib oldingiz.

win7
Hozirgi zamonda odamlar vaqtga jiddiy munosabatda bo’lishmoqda. Iloji boricha har bir soniyani avaylashga harakat qilishmoqda. Hattoki uyqudan ham kechib o’z ishlarini bitirib olishga harakat qilishmoqda.

Kompyuter bilan ishlashda ham, iloji boricha tezroq ishlab, ishni yakunlashga intilishmoqda, lekin ba’zi vaziyatlarda kompyuter bizning tezlikka dosh beraolmayapti. Ko’p kompyuter foydalanuvchilari hattoki, xavfsizlikdan kechib, kompyuterga kirish uchun o’z parol va loginlarini ham kiritmasdan operatsion tizimni yuklanishini hohlashmoqda.

Bu maqolamda, Windows 7 operatsion tizimiga kirishni tezlashtirish uchun, operatsion tizim talab etadigan foydalanuvchi paroli va loginini olib tashlashni ko’rsataman(boshqa operatsion tizimlarda ham ishlashi mumkin, misol uchun windows server 2003). Shunda operatsion tizim avtomat sizning yordamingizsiz(parol login kiritmasangiz ham) ishga tushadi. Demak boshladik..

Bu jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Administrator ruhsatiga ega bo’lgan foydalanuvchi bilan operatsion tizimni ishga tushiramiz.
Win+R yoki ПУСК->Выполнить utilitasini ishga tushiramiz va u yerga control userpasswords2 yozuvini yozib Enter tugmasini bosamiz.
run

3. Hosil bo’lgan oynaning “Пользователи” “вкладка” sida, kompyuterda mavjud bo’lgan barcha foydalanuvchilarning ro’yxatini ko’rishingiz mumkin.

Avtomat ishga tushishi lozim bo’lgan foydalanuvchi nomi tanlanadi va yuqoridagi “Требовать ввод имени пользователя и пароля” yozuvidan bayroqcha olib tashlanadi va “применить” tugmasi bosiladi(e’tibor bergan bo’lsangiz boshqa foydalanuvchilar nomi passiv bo’lib qoladi. Bu degani faqat bitta foydalanuvchini avtomat ishga tushirish mumkindir).
Paydo bo’lgan “Автоматический вход в систему” oynasiga, talab etilgan foydalanuvchi nomi, paroli va parolni tasdiqloqlovchi nom(yana bir bor parol) kiritiladi va OK tugmasi bosiladi.

So’ng tizimni qayta yuklasangiz, sizdan foydalanuvchi nomi va parolini kiritishni so’ramaydi va avtomat tizim yuklanadi.

Operatsion tizimni avtomat yuklashning avfzalliklari:
Vaqtni tejash. Kompyuterning Power(Yoqish) knopkasini bosib, aylanib keguningizcha, operatsion tizim ishlashga tayyor holda bo’ladi.
Foydalanuvchi nomi yoki parolni esdan chiqarsangiz ham, tizimga kirishga ruhsat bor.

Operatsion tizimni avtomat yuklashning kamchiliklari:

  • Xavfsizlik jiqatidan kerak bo’lmagan narsa . Istalgan foydalanuvchi uchun sizning kompyuteringiz ochiq.
  • Ko’p vaqt bunday usuldan foydalansangiz, o’zingizni parolingizni esdan chiqarib qo’yish xavfi mavjud.


Ko‘p kompyuter foydalanuvchilari(asosan boshlang‘ich foydalanuvchilar) kompyuter bilan ishlaganda ko‘pincha bir hildagi xatoliklarga yo‘l qo‘yishadi va shuning oqibatida kompyuterning sekin ishlashiga yoki bir tekisda ishlamasligiga erishishadi. Bu xatoliklar ko‘pincha quyida ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.

Bu maqolamda kompyuter bilan ishlaganda, uning ishlashigi susaytiruvchi, odatiy xatoliklar to‘g‘risida yozmoqchiman. Keling shu xatoliklarni tahlil qilib chiqaylik. 5 ta asosiy xatoliklar ketma-ketligi bilan tanishing.

1. Bittadan ko‘p antivirus dasturlarini o‘rnatish.

Ko‘p kompyuter foydalanuvchilari qanchalik ko‘p antivirus o‘rnatilsa, shunchalik kompyuter xavfsiz deb o‘ylashadi va bir nechta antiviruslar o‘rnatishga xarakat qilishadi.

Antivirus dasturlari ko‘p resurs talab qilishadi va shu bilan birga bir birini ishiga halaqit berishadi. Undan tashqari fayl strukturalarini o‘zgarishiga ham olib kelishi mumkin. Har bir antivirusning o‘zining tekshirish algoritmiga ega va ular bir biriga zid keladi. Ishonmasangiz 2 ta antivirus o‘rnatib tizimni qayta yuklab ko‘ring, operatsion tizim yonishi sekinlashib, ishlashiga katta ta’sir qilishini ko‘rasiz(maslahat bermiman).

O‘z tajribamda bo‘lgan voqyea. O‘zimni kompyuterimda kasperskiy antivirusi bor edi, lekin uning bazasi eskiroq edi. Man bu antivirus tekshirishiga qoniqmay, doktorveb antivirusini ham o‘rnatdim va tamom, kompyuter yuklanishi uchun 20 daqiqacha vaqt ketdi.

2. Interfeysni o‘zgartiruvchi dasturlar.

Navbatdagi katta xatolardan biri xar hil turdagi standart interfeysni o‘zgartiruvchi dasturlar. Ular tizim shriftini, yonish jarayonini, ikonka rasmlari vahakazolarni o‘zgartiradi. Albatta bular chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi, lekin ish jarayonini sekinlashtiradi. Agar siz kompyuterni jiddiy ishlar maqsadida olgan bo‘lsangiz, bunday dasturlarni o‘rnatish tavsiya qilinmaydi.

3. Asosiy katalogni asrang.

Keyinga asosiy foydalanuvchilar yo‘l qo‘yadigan xatoliklardan biri dastur va o‘yinlarni asosiy katalogga o‘rnatishdan iboratdir. Asosiy katalog qaysi? bu Windows operatsion tizimida C:\ adresi hisoblanadi. O‘zi С diskga o‘yinlarni o‘rnatish tavsiya qilinmaydi, asosiy katalogga esa umuman. Chunki С disk bilan operatsion tizim ishlaydi va har xil turdagi tizim kutubxonalаr bilan ishlaydi. O‘yinlar xam xar hil kutubxonadarni o‘rnatadi va 2 ta bir xil kutubxona bir biriga halaqit berishi mumkin.

O‘yinlar asosan diskni qo‘shimcha partitioniga o‘rnatilishi lozim, misol uchun D:\game, agar С diskga o‘rnatish kerak bo‘lsa C:\game\game_name, lekin C:\ ichiga emas.

4. Ortiqcha dasturlarni o‘rnatish.

Dastlab kompyuter sotib olgandan so‘ng ko‘pchilik kompyuteri to‘la turishini hohlaydi va xar hil bo‘lar bo‘mas dasturlarni o‘rnatishni boshlaydi. Agar biror tanishida biror dasturni ko‘rib qolsa, mani qayerim kam manda ham shu dastur bo‘lish kerak deydi. Hattoki bu dastur qanday vazifani bajarishni bilmasa ham.

Sizga maslahat kompyuteringizni xar hil narsalar bilan to‘latmang. Eng asosiysi bir hil vazifani bajaruvchi xar hil dasturlarni o‘rnatmang. Bittasini tanlab shu dasturni to‘liq o‘rganing.

5. Kompyuterni to‘g‘ri o‘chiring.

Keyingisi va nihoyat oxirgisi kompyuterni to‘g‘ri o‘chiring. Hech qachon ПИП dan vilkani sug‘urib olmang. ПУСК orqali o‘chiring, kompyuterni o‘z o‘chirish algoritmi orqali o‘chishiga imkon yaratib bering. Agar birdan o‘chirib qo‘ysangiz, vinchester disklari birdan to‘xtab, buzilishi yoki ma’lumotlar yo‘qolishi eng minimumi esa operatsion tizim yaroqsiz holga kelishi mumkin.

Yuqoridagi maslahatlarga amal qilsangiz, kompyuteringiz uzoq va samarali xizmat qilishiga erishasiz va kompyuteringizni faqat modeli eskirib qolganda yoki pulingiz ko’payib qolganda almashtirishingiz mumkin bo‘ladi. Yuqoridagi ro‘yxatga yana biror nima qo‘shmoqchi bo‘lsangiz kommentariyaga yozing.

Windows operatsion tizimida kompyuterni avtomat o’chirish usullari

Kompyuter bilan ishlash davomida, kompyuter yordamida uzoq vaqt bajariladigan ishlarga duch kelib qolamiz. Bu vazifalarni bajarishni kechqurunga qo‘yib, keyin uxlashga yotamiz. Misol uchun, katta hajmdagi fayllarni internetdan ko‘chirish, disklarni defragmentatsiya qilish, katta hajmdagi fayllarni arxivlash,… .Bu vazifalar kechaning biror qismida yakunlanadi, lekin kompyuter ishlashda davom etadi. Ertalab uyg‘onganingizdan so‘ng, kompyuterni o‘chirasiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, kompyuter kechaning bir qismida hech qanday vazifa bajarmaydi va bekor yoqilib turadi. Bu esa elektr energiyani zoye ketishiga olib keladi.

YUqoriga o‘xshagan muammolarni yechish uchun, operatsion tizimlarda, kompyuterni avtomat o‘chirish funksiyasi ishlab chiqilgan. Bu maqolamda windows 7 operatsion tizimida tekshirib ko‘rilgan, kompyuterni avtomat o‘chirish funksiyasini ishlatishni ko‘rsataman. Qanday qilib kompyuterni avtomat o‘chirish mumkinligini 2 usulini yoritib beraman. Birinchisi «командная строка» orqali, ikkinchisi grafika orqali. Birinchi usuli windows operatsion tizimining boshqa versiyalarida ham ishlaydi, grafik usuli esa windowsning boshqa versiyalarida boshqacha ko‘rigishga ega bo‘lishi mumkin.

Windows operatsion tizimida kompyuterni o‘chirishga, «shutdown» komandasi javob beradi. Bu komanda bilan birga bir necha kalit harflarni ham berish mumkin. Demak boshladik.

1-usul: ПУСК -> Программы -> Стандартные -> Командная строка, ёки ПУСК -> Выполнить -> cmd
cmd.png
Bu qora ekranga quyidagi komandani berib, shutdown komandasining barcha kalit harflarini ko‘rib olishimiz mumkin.

C:\> shutdown /?

Biz uchun eng muhim 3 ta kalit harf mavjud, bular

s – kompyuterni o‘chirish(aktiv dasturlar bo‘lsa ham).

t – nechi soniyadan so‘ng o‘chirish kerakligini berish

a – o‘chirishni bekor qilish

davom etamiz, kompyuterni avtomat o‘chirish uchun, quyidagi komandani qora ekran(cmd)ga yozamiz.

C:\> shutdown -s -t 3600

Bu komanda orqali biz, operatsion tizimga, 1 soatdan so‘ng kompyuterini o‘chirishimiz kerakligini bildirmoqdamiz(vaqtni istalgancha o‘zgartirishimiz mumkin, faqat sekundda berish lozim). Shundan so‘ng hisoblagich ishga tushadi va 1 soatni hisoblashni boshlaydi. Bu komandani bekor qilish uchun quyidagi komanda beriladi.

C:\> shutdown -a

2-usul: Bu usul yuqoridagi komandalarni grafik orqali bajaradi. Eng avvalo biror «vazifa» yaratiladi va bu «vazifa»ni ishga tushirish vaqti o‘rnatiladi.

ПУСК -> Панель управления -> Администрирование -> Планировщик задание
job_1.png
Shundan so‘ng «vazifa» hosil qilinadi(Menyu orqali).

Действие -> Создать простую задачу
job_2.png
Ism beriladi, bizning holda «OFF«. Далее
job_3.png
Quyidagi oyna orqali bu yaratilgan vazifa nechi marotaba ishga tushish kerakligi belgilanadi(bir marotaba, har kuni, har hafta,..), biz bir marotaba(однократно) bandini tanlaymiz. Далее

Kerakli kun va vaqt o‘rnatiladi. Далее

Dasturni ishga tushirish funksiyasi belgilanadi(Zapustit programmu, chunki shutdown ishga tushuvchi fayldir).

Shundan so‘ng C:\Windows\System32\shutdown.exe adres orqali ishgu tushuvchi fayl(shutdown) tanlanadi va argumentga «-s» «-t» yoziladi. Далее va Готов.

Vazifa hosil qilindi va ishga tushish vaqtlari o‘rnatildi. Ana endi vaqtni o‘rnatib, bemalol uhlashingiz ham mumkin bo‘ladi.

Ko’p hollarda Windows operatsion tizimiga zarar yetsa, darhol uni qaytadan o’rnatishga tushib ketamiz. Chunki tizimning buzilishiga sabab bo’lgan hodisani(balki virusdir, qandaydir scriptdur) topib, uni yo’q qilish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Shuning uchun vaqtimizning kamida 1 soatini tizimni qayta qo’yish va kerakli dasturlarni qaytadan o’rnatish uchun sarflaymiz. Shu bilan biz kompyuter ustasi degan nomga erishamiz(bu albatta notog’ri).

Foydalanuvchilarning qo’pol xatolari evaziga Windows operatsion tizimida ko’p hollarda tizimning maxsus fayllari buzilib yoki o’chib ketishi mumkin. Biz esa bu fayllarni qayta tiklash o’rniga, albatta qaytadan operatsion tizim qo’yishga kirishib ketamiz. Tizimni o’rnatish hammaning qo’lidan keladi, bir marotaba ko’rib olishning o’zi kifoya. Bitta faylning buzilishi, bizning qanchadan qancha vaqtimizni olishiga sabab bo’lmoqda.

Bu maqolamda man buzilgan operatsion tizim faylini(fayllarini), yangi fayl bilan almashtirish yo’lini ko’rsataman. Bu usul Windows 7 operatsion tizimida sinab ko’rilgan va xatosiz ishlaydi. Bizga operatsion tizimning “образи” kerak bo’ladi(iso formatda bo’lsa uni ichini ochish lozim). Bu “образ” odatda DVD diskda bo’ladi. Operatsion tizim faylini tiklash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirishimiz lozim:
Operatsion tizim o’rnatuvchi(“Образ”, odatda Iso format) diskidan kerakli faylni ochish.
Buzilgan faylni o’chirib tashlash.
Образ” dan olingan yangi faylni eskisi bilan almashtirish.
Kompyuterni qayta yuklash.

Dastlab kerakli faylni operatsion tizimning o’rnatiladigan DVD diskidan, misol uchun D:\TEMP katalogiga tashlab olamiz. Bu kerakli faylning oti install.wim. Bu faylning hajmi taxminan 2,65 Gb atrofida bo’ladi(“Образ” ning asosini tashkil qiladi)va o’zida operatsion tizimning(windows 7) barcha fayllarini saqlaydi. Faylni D:\file katalogiga ochamiz. Bu fayl odatda quyidagi katalogda joylashgan bo’ladi.

G:\Windows_7_64_Ultimate\sources\install.wim

bu yerda G:DVD qurilmasi.

Install.wim fayli ichini oddiy yo’l bilan ochib bo’lmaydi, ya’ni maxsus utilitlardan foydalanish zarur. Operatsion tizim o’rnatilish paytida shu fayl(install.wim) avtomat ochilib, ichidagi barcha fayllar tanlangan diskga nusxalanadi va tizim bilan qurilmalar o’rtasida bog’lanish va kerakli sozlash ishlari amalga oshirilishi boshlanadi.

Demak, keyingi qadamimiz shu fayl ichini ochishdan iborat bo’ladi. “Коммандная строка” oynasini “Администратор” ruhsati bilan ochamiz.

ПУСК -> Все программы -> стандартные -> Командная строка(“мышка”ning o’ng tomoni “Запуск от имени администратора”)

va quyidagi kommandani teramiz.

dism /Mount-Wim /WimFile:D:\TEMP\install.wim /name:»Windows 7 Ultimate» /MountDir:D:\file

Izoh:

dism – windows 7 operatsion tizimining utilitasi bo’lib, wim fayllar bilan ishlash uchun foydalaniladi.

/Mount-Wim – wim fayl montirovka qilinayotganini ko’rsatmoqda.

/WimFile – wim fayl joylashgan katalog.

/name – operatsion tizim nomi(Ultimate, Enterprise,..)

/MountDir – montirovka qilinadigan katalog nomi.

D:\file katalogini ochsangiz, operatsion tizim uchun kerak bo’ladigan barcha fayl va kataloglarni ko’rishingiz mumkin bo’ladi(taxminan c:\ diskingiz bilan bir hil ko’rinishga ega bo’ladi). Shu barcha fayllar birgina install.wim fayli ichidan chiqdi.

Kerakli faylni topamiz va operatsion tizim o’rnatilgan katalogni ochib zararlangan faylni yangi fayl bilan almashtiramiz(oddiygina eskisini delete bilan o’chirib, yangisini nusxasini tashimiz). So’ng wim faylni demontirovka qilamiz. Uning uchun “командная строка” ga quyidagi komandani teramiz:

dism /Unmount-Wim /MountDir:D:\file /discard

Izoh:

/Unmount-Wim – “Образ”ni demontirovka qilamiz.

/MountDir: – montirovka qilingan catalog(papka) ni ko’rsatamiz.

/discard – barcha .wim fayli bilan qilingan o’zgarishlarni saqlamaymiz.

Oxirida, install.wim faylini o’chiramiz. Faylni ochganimizda hosil bo’lgan barcha fayllar demontirovka paytida yo’qoladi. So’ng operatsion tizimni qaytadan yuklaymiz(перезагрузка).

arxiv